MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Markaziy Osiyoda Jamiyat, gender va oila

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

ISSN: 2181-9998

Joriy nashr

2022-yil. 3-son.
Nashr qilingan: 29-01-2026

Maqolalar

Harbiy xizmatchilar oilaviy munosabatlariga xizmat faoliyatining taʼsiri
Ikmatullayev Gʻayrat Zokirovich

Ushbu maqolada harbiy xizmatchilarning oilaviy munosabatlariga xizmat faoliyatining ta’siri tahlil etilgan. Harbiy xizmatchilar xizmat faoliyati xususiyatlari sababli murakkab va oʻziga xos oilaviy munosabatlarga ega ekanligi yoritib berilgan.

0 0
O‘smirlar dunyoqarashining shakllanishida oila asosiy ijtimoiy institut sifatida
Mavlonov Bahodir Biloljonovich

Mazkur maqolada o‘smirlarning ogohlik va hushyorlik fazilatlari rivojlanishi, dunyoqarashi shakllanishida oilaning hamda oilaviy tarbiyaning o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, muallif bu boradagi jahon va o‘zbek olimlarining ishlari hamda firklarini keltirib o‘tgan.

43-47 0 0
Odam savdosi jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyatida xotin-qizlarning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini oshirish
Qo‘ziyeva Gulmira

Maqolada bugungi kunda yurtimizda ayollar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, shunga qaramay taqdir taqozosi bilan odam savdosining qurboniga aylanayotgan ayollar, taqdirlar, bu tuzoqqa tushib qolmaslik uchun nima qilish lozimligi, chora-tadbirlar xususida so‘z borgan. Shuningdek, dunyoda odam savdosi qurboni bo‘layotgan, odamlar ekspluatasiyasidan topiladigan daromad statistkiasi keltirilgan.

79-82 0 0
Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashish jarayonini tashkil etishda tarbiyachi-pedagoglarning o‘rni
Jurayeva Shaxnoza Saatmuradovna

Maqola ilk bolalik davridagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitlariga moslashtirishning psixologik omillarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Adabiyotlar tahlili o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi moslashish shartlari, oiladagi bolalar soni va moslashish davrining davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Psixologik-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish asosida bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitlariga moslashtirishni optimallashtirishga qaratilgan, ya’ni bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotining ijtimoiy-madaniy muhitiga tezroq va xavfsizroq moslashishi yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

32-36 0 0
Etnomadaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-g‘oyaviy omillari
Mengliqulov Umid

Maqolada etnomadaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-g‘oyaviy omillari tahlil qilingan. Shuningdek, hozirgi kunda yo‘qolib ketish xavfi va an’anaviy madaniyatni qayta tiklashning iloji yo‘qligi to‘g‘risida ko‘pgina fikrlar mavjud. Shuning uchun ham etnosni o‘rganishdagi qiyinchiliklar ushbu hodisani turlicha talqin qilishning mavjudligidadir.

68-72 0 0
Shaxsda altruizm namoyоn bo‘lishining psixologik determinatlari
Atabayeva Nargis Batirovna

Maqolada shaxsda altruizm xususiyatining rivojlanish omillari haqida ilmiy mulohaza va takliflar bayon etilgan. Shuningdek, maqolada altruizmning turlari keltirilgan.

24-27 0 0
Eshitish qobiliyati buzilgan talabalarning ijtimoiy moslashuvining hozirgi holati
Karimova Gulnora Omonillaevna

Maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan talabalarning ijtimoiy moslashuvchanligi rivojlanishining hozirgi holati tahlil qilingan. Shuningdek, eshitishda nuqsoni bo‘lgan talabalar guruhida har uchinchi talaba qoniqarsiz darajadagi shaxsiy yetuklik egasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘quv-ilmiy faoliyati motivatsiyasining psixologik xususiyatlari
Abdullayeva Barno Sayfuddinovna

Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilar o‘quv-ilmiy faoliyati motivatsiyasining psixologik xususiyatlari haqida ilmiy mulohaza va takliflar bayon etilgan.

15-19 0 0
O'zbeklarga xos sharqona axloq me'yorlari
Xudoyqulov Xol Jumaevich

Ushbu maqolada xalqimiz qadimiy xotiralarining qayta tiklanishi, O‘zbek xalqi yer yuzining janatmakon go‘shasida yashayotgan va butun dunyoga namoyon etayotgan Sharqona urf-odatlari bilan nihoyatda sodda, dunyoqarashi keng, mehnatkash xalq bo‘lish bilan birga, boshqa xalqqa hurmat bilan qarashi, shuningdek, g‘ururli va jasoratli bo‘lishi bu millatning faxridir. Maqolaning mazmunida o‘zbeklarga xos Sharqona axloq fazilatlari haqida ma’lumot berilgan.

O‘zbekistonda oilaviy munosabatlarning yangi modeli paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy sabablari haqida (Germaniya tajribasidan misol tariqasida)
Sobirova Lola, Ko'paysinova Laziza Karimovna

Maqolada kelgusida oilaviy munosabatlar an’anaviy modelining yanada layoqatsizligining ko‘rsatkichlari sifatida ajralishlar sonining ko‘payishi, ro‘yxatga olingan nikohlar sonining kamayishi va tug‘ilishlarning kamayishi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.

4-11 0 0
Ko‘zdan chetda qolgan bolalar: yetim bolalarni joylashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba va amaliyot
Turaqulova Aziza

Hozirgi vaqtda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim muassasalarini institutsionalizatsiya qilish masalasi dolzarbdir. Biroq bu amaliyot O‘zbekiston uchun yangilik bo‘lib, shuning uchun bu jarayonni amalga oshirishning barcha xususiyatlarini hisobga olish, ushbu yondashuvni amalga oshiruvchi davlat uchun yuzaga keladigan afzallik va qiyinchiliklarni xolisona baholay olish zarur. Ushbu maqolada turli xorijiy mamlakatlarda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar keltirilgan, vasiylikning muqobil shakllari amaliyotini qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajriba tahlil qilingan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining deinstitutsionalizatsiya bo‘yicha hozirgi pozitsiyasi va uning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan omillari hamda oqibatlari ochib berilgan.

O‘zbekistonda ayollarning masofaviy bandligini ta’minlashning shartlari va omillari
Karimov Nurislombek Ulug‘bek o‘g‘li

Ushbu maqolada O‘zbekistonda masofaviy bandlik yuzaga kelishining shartlari va omillari o‘rganildi. Masofaviy bandlik ko‘lami va uning mehnat bozori subyektlari duch keladigan konstruktiv ko‘rinishlarini tahlil qilish asosida masofaviy bandlikning afzalliklari va kamchiliklarini tizimlashtirishning o‘ziga xos uslubiy yondashuvlari o‘rganildi. “Masofaviy bandlik” tushunchasi hali ham yangi hodisa bo‘lib, terminologiya nuqtai nazaridan tanish bo‘lmaganligi sababli ushbu yangi atamaning paydo bo‘lish haqida o‘rganildi.

73-78 0 0
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida hasad hissi namoyon bo‘lishining psixologik omillari
Baykunusova Gulmira Yuldibayevna

Maqolada shaxsda hasad hissi namoyon bo‘lishi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida hasadning rivojlanish omillari haqida ilmiy mulohaza va takliflar bayon etilgan.

28-31 0 0
Shaxs ma’naviy axloqini yuksaltirishda Abu Nasr Forobiy merosidan foydalanish zarurati
Yusubov Jaloliddin Kadamovich

Mazkur maqolada inson hayoti davomida aqliy bilimlari natijasida barkamollikka erishishi, Abu Nasr Forobiyning merosida ma’naviy madaniyat masalalarining ifodalanishi, insonning xulq-atforidagi ijobiy xislatlar yuzasidan fikrlar keltirilgan.

64-67 0 0
Migratsiya va qadriyatlar to‘qnashuvi ijtimoiy-psixologik muammo sifatida
Abdusamatov Xasanboy

Ushbu maqolada zamonaviy migratsiya jarayonida qadriyatlar to‘qnashuvining psixologik muammolari keltirilgan. Yangi ijtimoiy muhitga moslashish, integratsiyalash va uning usullari haqida yoritilgan. Xorijiy olimlar tomonidan qadriyatlar va migratsiya jarayonini tadqiq etilganligi yozilgan. Migratsiya jarayonida qadriyatlarni saqlab qolish bo‘yicha psixologik tavsiyalar berilgan.

20-23 0 0
Oilaviy qadriyatlar va bolalarda “men” konsepsiyasining rivojlanish darajalari
Shamsiyev O‘ktam Baxriddinovich

Maqolada ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasidan kelib chiqadigan shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida bolaning o‘zi va o‘z fazilatlari to‘g‘risidagi tasavvurlari, eng avvalo, jamiyatda tutgan o‘rni va maqomini belgilovchi muhim mexanizm ekanligi, uning mazmuni shaxsning nafaqat o‘ziga, balki o‘zga shaxslarga bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlari va ijtimoiy xulqning asosi hisoblanishi haqida so‘z yuritiladi. Bunda qanday ijtimoiy omillar va guruhlarning yetakchi rol o‘ynashi ilm-fan nuqtayi nazaridan muhim ekanligi g‘oyasini asoslashga bag‘ishlangan.

54-59 0 0
Barcha nashrlarni ko'rish