• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 33.
Tibbiyot xodimlari faoliyatida psixologiya fanining o‘zaro integratsiyasiga bo‘lgan zarurat
Melibayeva Ruzaxon Nasirovna

Maqola tibbiyot sohasida psixologiya fanining, xususan, psixodiagnostikaning ahamiyati, uning o‘ziga xosligi, tibbiyotda psixodiagnostika nazariyasi va usullari asosida kasallik etiologiyasi, patogenezi, kasalliklarni davolash va oldini olishda psixologik omillarning rolini o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni, tibbiyot va psixologiya fanlari integratsiyasi, amaliyotdagi ehtiyojlar tahlili hamda bu sohadagi muammolarni bartaraf etish yo‘llarini aniqlashga bag‘ishlangan.

10-06-2022
  • PDF
75-78 38 18
Bo‘lajak pedagog-psixologlarda kasbiy ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish
Ablakulov Sherali Davronovich

Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kreativ kompetentsiyalarni shakllantirishning nazariy tahlili muhokama qilinadi. Ta’lim muhitida ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradigan uslub va strategiyalarga alohida e’tibor qaratiladi. Muallif, shuningdek, bir-birini to‘ldiradigan va o‘zaro ta’sir qiluvchi turli xil o‘quv profillaridagi o‘qituvchilarning ijodiy kompetensiyasi muammosi bo‘yicha olimlar tadqiqotlaridagi kognitiv komponent, motivatsion komponent, faoliyat komponenti va aks ettiruvchi komponent kabilarni o‘rganadi

16-04-2025
  • PDF (Русский)
98-103 177 28
Maktabgacha, maktab, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi sohasida xotin-qizlarning o‘rni: tarixiy tahlil
Elboyeva Shaxnoza Bo‘riniyozovna

Ushbu maqolada O‘zbekistonda maktabgacha, maktab ta’limi, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimlarida xotin-qizlarning o‘rni va ularning tarixiy rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Ta’lim sohasida ayollarning ishtiroki XX asr boshlaridan boshlab sezilarli darajada oshib, ularning pedagogik faoliyati, ijtimoiy mavqeyi va ta’lim islohotlaridagi hissasi alohida e’tibor talab qila boshladi. Tadqiqotda xotin-qizlarning pedagogik jarayondagi faollashuvi, ularning ta’lim sifati va
tarbiya jarayoniga qo‘shgan salmoqli hissasi hamda gender tenglikni ta’minlash borasidagi tarixiy o‘zgarishlar yoritiladi.

06-01-2026
  • PDF
66-70 43 8
Interfaol ta’lim jarayonida rag‘batlantirishning gender yondashuvi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Axmedova Dilnoza Xabibullo qizi

Ushbu maqolada interfaol rag‘batlantirish usullarining gender farqlari kontekstidagi tahlili va bu yondashuvlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga bo‘lgan ta’siri yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash samaradorligi haqida ilmiy tadqiqotlar o‘rganilgan. Maqolada interfaol rag‘batlantirishning genderga bog‘liq xususiyatlariga oid ilmiy yondashuvlar taklif etilgan

03-04-2025
  • PDF
111-118 238 21
Oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishga qo‘yilayotgan talablar
Mirzayeva Farog‘at Odiljonovna

Ushbu maqolada Oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishga qo‘yilayotgan talablar, oliy ta’lim tizimini isloh qilish jarayonidagi islohotlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yangi avlodini yaratish, talabaning mehnat intensivligini hisobga olish, bitiruvchilarning akademik va kasbiy moslashuvchanligini rivojlantirish, bilimlarni o‘zlashtirishning intensiv usullarini joriy etishda kredit-modul tizimini joriy etishini o‘z ichiga oladi.

05-04-2023
  • PDF
68-72 18 19
Ijtimoiy-individual qadriyatlar va emotsional intellekt xususiyatlari
Raxmonova Z.N.

Qadriyat yo‘nalishlari tizimi shaxs yo‘naltirilganligining mazmun jihatlarini belgilab beradi va uning atrofdagi olamga, boshqa insonlarga, uning o‘ziga bo‘lgan munosabatlari asosi, o‘z dunyoqarashi asosi va hayotiy faolligi motivatsiyasi o‘zagini, hayotiy konsepsiyasi hamda hayot falsafasining asoslarini tashkil etadi. Maqolada shu masalalar yuzasidan olib borilgan eksperimental tadqiqot natijalari bayon etilgan

15-04-2025
  • PDF
80-85 88 30
Psixоlоgik-pedаgоgik аdаbiyоtlаrdа milliy qаdriyаtlаr аsоsidа siyоsiy tаrbiyаning shаkllаnish tendensiyаlаri
Murоdоv Nоdirbek Оybek о‘g‘li

Mаqоlаdа psixоlоgik-pedаgоgik аdаbiyоtlаrdа milliy qаdriyаtlаr аsоsidа siyоsiy tаrbiyаning shаkllаnish tendensiyаlаri nаzаriy vа tаrixiy jihаtdаn tаhlil qilinаdi. Tаdqiqоtdа mumtoz vа zаmоnаviy pedаgоgikа, psixоlоgiyа sоhаlаridаgi ilmiy yоndаshuvlаr, nаzаriyаlаr vа kоnsepsiyаlаr kо‘rib chiqilаdi. Mаqоlаdа siyоsiy tаrbiyа nаzаriyаsining rivоjlаnish bоsqichlаri,
milliy qаdriyаtlаr vа siyоsiy sоtsiаlizаtsiyа о‘rtаsidаgi bоg‘liqlik, turli pedаgоgik mаktаblаrning siyоsiy tаrbiyаgа qаrаshi, zаmоnаviy tendensiyаlаr: kоmpetensiyаviy yоndаshuv, kоnstruktivizm, kritik pedаgоgikа, multikulturаlizm, rаqаmli tаrbiyа kabilar bаtаfsil оchib berilаdi. О‘zbek vа xоrijiy ilmiy mаnbаlаrdаn kelib chiqqаn hоldа milliy qаdriyаtlаr аsоsidа siyоsiy tаrbiyаning nаzаriy аsоslаri, pedаgоgik prinsiplаri vа zаmоnаviy psixоlоgik-pedаgоgik fаndаgi dоlzаrb tendensiyаlаr tаhlil qilinаdi.

06-01-2026
  • PDF
49-52 29 5
Psixosomatik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar psixoemotsional sohasining jins xususiyatlari
Narmetova Yulduz Karimovna

Maqolada psixosomatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda uchraydigan emotsional holat buzilishlari, ularning kasallikning og‘ir kechishi va salbiy oqibatlarga olib kelishidagi roli, jins tafovutlari o‘rganilgan. Ta’kidlanadiki, psixosomatik kasalliklar ko‘pincha emotsional holat buzilishlari bilan niqoblanishi va aksincha mazkur kasalliklarda emotsional soha buzilishlari kasallikning batamom tuzalib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Mazkur holatlar psixosomatik kasalliklar klinikasida psixologik yordamni tashkil etish va barcha psixoprofilaktik hamda korreksion tadbirlarni yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.

10-10-2023
  • PDF
113-117 45 1
26 - 33 from 33 << < 1 2 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer