• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 182.
Xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi faoliyati mazmuni va tahlil
Komilova Xurshida Toxirovna

Maqolada ilm-fanning turli sohalarida xotin-qizlarning ta’lim olishi va ularning ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi atroflicha o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning sotsial qiyofasiga xos xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari yoritilgan

07-04-2025
  • PDF
96-101 233 18
Oilada bolalarni estetik tarbiyalashni tasviriy san’at orqali rivojlantirishning ahamiyati
Atajanova Rabbina Raximovna

Maqola bolani oila muhitida ma’naviy-axloqiy, badiiy va estetik tarbiyalashda tasviriy san’atning o‘rni va uning tafakkurida go‘zallik olamiga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish, milliy va umuminsoniy hamda badiiy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalash masalalariga qaratilgan. Shuningdek, maqolada bolada estetik tuyg‘u, san’at asari mohiyatini anglash, rassom tomonidan muayyan obrazni tavsiflash uchun foydalanilgan ifodalash vositalarini farqlash, san’at asarini baholay olish qobiliyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan.

06-01-2026
  • PDF
31-34 23 3
Yosh qizlar – Yangi O‘zbekiston kelajagining qudrat manbayi
Musurmanova Oynisa

Maqolada mamlakatimizda yoshlar, shu jumladan, yosh qizlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida munosib o‘rin egallashlari uchun davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy chora-tadbirlar, yaratilayotgan shartsharoitlar, ularning gender tenglik asosida iqtidor va qobiliyatlariga ko‘ra bilim olishlari, kasb egallashlari, mehnat va bandligini ta’minlash borasida berilayotgan imtiyozlarning natijadorligi hamda mazmun va mohiyati ifoda etilgan.

10-06-2022
  • PDF
8-12 65 23
Oilаdа о‘smir yoshidаgi bolаlаrning hushyorlik vа ogohlik fаzilаtlаrini rivojlаntirishgа doir ijtimoiу-реdаgogik fаoliуаt mаzmuni
Mavlonov Bahodir Biloljonovich

Ushbu maqolada oilada o‘smir yoshidagi bolarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishga doir tarbiya uslublari yoritilgan. Oilаdа bolаlаrning kаmol toрishi jаrауonidа ulаrdа hushyorlik vа ogohlik kаbi muhim sifаtlаrni shаkllаntirish muаууаn реdаgogik-рsixologik tа’sir о‘tkаzish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.

10-10-2023
  • PDF
142-146 24 22
Hozirgi zamonaviy davrda farzand tarbiyasiga ota-onaning ta’siri
Eshtemirova Maftuna

Mazkur maqolada hozirgi davrda farzand tarbiyasiga ota-onaning ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Axborot texnologiyalarining ta’siri, emotsional aloqa, gender yondashuvi, sotsiologik muhit va xalqaro tarbiyaviy tajriba asosida ota-onaning farzand shaxsining shakllanishidagi roli ochib beriladi. Maktab, mahalla va oilaning hamkorlikdagi tarbiyaviy ta’siri, tarbiya uslublari va ularning samaradorligi tahlil qilinib, zamonaviy tarbiyaning dolzarb muammolarga ilmiy yondashuv asosida yechimlar taklif etilgan. Shuningdek, maqolada sotsiologik so‘rovlar asosida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi faol ishtiroki, muammolar va ularga qarshi kurashish vositalari muhokama etilgan.

15-08-2025
  • PDF
74-78 288 42
Ikkinchi tilni o‘zlashtirishda ijtimoiy-ta’lim modeli
Ortikov Uktamjon Xudoyberdi o‘g‘li

Xorijiy tilni o‘zlashtirishda motivatsiyaning ko‘p qirrali xususiyatini tushunish samarali til o‘rgatish va o‘rganish uchun juda muhim sanaladi. Maqola mavjud adabiyotlarni turli nazariy va empirik nuqtayi nazardan tahlil qilish orqali xorijiy tilni o‘zlashtirishda motivatsiyaning rolini hamda Gardnerning ijtimoiy-ta’lim modeli va oʻz taqdirini oʻzi belgilash nazariyasi kabi oʻrnatilgan asoslarga tayangan holda, turli kontekstlarda til oʻrganish natijalariga motivatsiyaning ta’sirini oʻrganadi. Muallif ilmiy tadqiqotlardagi kamchiliklar va muammolarni, jumladan, motivatsiyaning dinamik tabiatini va boshqa psixologik va ijtimoiy-madaniy omillar bilan murakkab o‘zaro ta’sirini aniqlab ochib beradi

15-04-2025
  • PDF (English)
86-91 110 34
Xotin-qizlar professional ijtimoiy moslashuvining psixologik aspektlari
Mahkamova Dilfuza Baxtiyarovna

Xizmatga moslashish deganda, biz yangi tayinlangan xodim, uning aqliy faoliyati va xulq-atvori mehnat muhiti qoidalari va talablariga muvofiq shaxsiy rivojlanishini nazarda tutuvchi professional muhit o‘rtasida faol va uyg‘un o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishni tushunamiz. Davlat xizmatiga xos bo‘lgan yuqori nevropsixik stress, ko‘p qirrali vazifalar hamda vaqt yetishmasligi xodimning moslashuvchan resurslariga yuqori talablarni qo‘yadi. Shu munosabat bilan, davlat xizmatlari xodimlari yangi avlodining psixologik xususiyatlarini o‘rganish davlat xizmatlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va saqlash, moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun ularning innovatsion fazilatlarini tushunish zarurati bilan belgilanadi. Xotin-qizlarning davlat xizmatlariga moslashishi ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni tadqiq etish bugungi kunda ayollarning faol “karyeraviy o‘sish” elementlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi

03-04-2025
  • PDF
60-67 139 25
176 - 182 from 182 << < 3 4 5 6 7 8 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer