• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 34.
Sifatli ta’limni ta’minlashda oila, maktab va jamoatchilik o'rtasidagi hamkorlik masalalari
Abduraxmonova Manzura Manafovna

Ushbu maqolada “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi”ning ta’lim tizimidagi ishtiroki, o‘quvchilarning muvaffaqiyatga erishishi uchun o‘qituvchilar va ota-onalar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ishlarga oid adabiyotlar tahlili berilgan. Shuningdek, maktab, oila va mahalla hamkorligi maktab ta’limining ko‘p qirrali tushunchasi ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada maktab, oila va jamiyat hamkorligi muhim o‘rin tutishi, milliy ta’lim islohotining muhim omillari yoritilgan. Maktab ijtimoiy ishlarda oila, maktab va jamiyat hamkorligini takomillashtirish maqsadida olimlarning “ijtimoiy ishchi” kasbi ahamiyati haqidagi fikrlari berilgan. Maktab ijtimoiy ishining an’anaviy roli oila, maktab va jamiyatning hamkorligini o‘z ichiga oladi, chunki maktab va jamiyat yoshlarning ta’lim, ijtimoiy va psixologik rivojlanish ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda ishlaydi. Maqolada, shuningdek, Finlyandiya va Shveysariya tajribasi ko‘rib chiqiladi, bu yerda 50 dan ortiq mamlakatlar maktab ta’limida “Oila – maktab – jamiyat” hamkorligini ta’minlash uchun maktablarda ijtimoiy ishlarni joriy qilgan.

28-12-2021
  • PDF (Русский)
114-121 55 1
Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning faol shakllari va ijtimoiy-huquqiy himoyasi tizimi
Hashimova Gulsina Ismoyilovna

Ushbu maqolada harbiy ijtimoiy ishning huquqiy asoslari, harbiy ijtimoiy ish doirasidagi huquqiy ta’limga bo‘lgan ehtiyoj, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi asosiy va eng qiyin muammo ularning huquqlarini qonun bilan ta’minlash bilan emas, balki harbiy xizmatchilarning huquqiy tayyorgarligi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yеtarli darajada ta’minlash ekanligi ta’kidlangan. Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy muammolarini hal qilishda davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik, harbiy ijtimoiy ishning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilib, harbiy xizmatchilarning huquqiy madaniyatini amalga oshirishda ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash eng muhim shart ekanligi ochib berilgan

02-04-2025
  • PDF
50-54 335 29
O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning gender jihatlari
Yuldosheva Umida

Zamonaviy dunyoda ijtimoiy tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanishning samarali vositalaridan biriga aylandi. Biznes prinsiplarini ijtimoiy va atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadlari bilan birlashtirgan holda kambag‘allik, ishsizlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish kabi ijtimoiy muammolarni hal etish orqali ijtimoiy tadbirkorlik innovatsiyalarini yaratish, barqaror rivojlanish, shuningdek, zaif guruhlar va butun jamiyat uchun hayot sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada muallif sotsiologik tadqiqotlar natijalariga asoslanib, ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning gender jihatlari va ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishda gender masalalarni inobatga olish resurslarini tahlil qilgan

11-04-2025
  • PDF (Русский)
25-31 321 32
Maktabgacha, maktab, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi sohasida xotin-qizlarning o‘rni: tarixiy tahlil
Elboyeva Shaxnoza Bo‘riniyozovna

Ushbu maqolada O‘zbekistonda maktabgacha, maktab ta’limi, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimlarida xotin-qizlarning o‘rni va ularning tarixiy rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Ta’lim sohasida ayollarning ishtiroki XX asr boshlaridan boshlab sezilarli darajada oshib, ularning pedagogik faoliyati, ijtimoiy mavqeyi va ta’lim islohotlaridagi hissasi alohida e’tibor talab qila boshladi. Tadqiqotda xotin-qizlarning pedagogik jarayondagi faollashuvi, ularning ta’lim sifati va
tarbiya jarayoniga qo‘shgan salmoqli hissasi hamda gender tenglikni ta’minlash borasidagi tarixiy o‘zgarishlar yoritiladi.

06-01-2026
  • PDF
66-70 43 8
Ma’naviy tarbiya – inson shaxsini kamol toptirish omili
Majitov Maxmud Abdimo‘min o‘g‘li

Maqolada inson shaxsining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi subyektiv omillardan biri bo‘lmish aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya jarayoni haqida so‘z boradi. Muallif tomonidan inson shaxsi mutlaqo o‘zgarmas fenomen emasligi ta’kidlanib, uning tarkibidan joy olgan elementlar insonning butun umri davomida shakllanib va takomillashib borishi yoritilgan. Xususan, maqolada inson shaxsining shakllanishi, kamol topishida aniq maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyat ya’ni tarbiyaning o‘rni ochib berilgan. Jumladan, uzluksiz ma’naviy tarbiya yagona maqsadga bo‘ysundirilganida, har bir subyekt umumiy maqsadning aniq bir qismini mufassal bajarganidagina mazkur subyektiv omilning samarasi baland bo‘lishi ilmiy asosda yoritib berilgan.

28-12-2021
  • PDF
82-91 5 2
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha komplеks sotsiologik modеl
Bakirova Nargizaxon Batiraliyevna

Maqolada kasbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan xotin-qizlarning mehnat bozoriga integratsiyasi jarayoni sotsiologik tahlil qilingan. Empirik ijtimoiy so‘rov natijalari asosida kasbiy ta’lim bitiruvchilarining bandlik holati, ishga joylashishdagi asosiy to‘siqlar hamda samarali bandlikka ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar aniqlangan. Tadqiqot natijalariga tayanilgan holda xotin-qizlar bandligini ta’minlashning kompleks sotsiologik modeli ishlab chiqilgan va amaliy tavsiyalar taklif etilgan. Mazkur model ta’lim, ijtimoiy kapital, institutsional qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-madaniy muhit o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikka asoslanadi.

06-01-2026
  • PDF
25-30 14 8
Qarama-qarshiliklar va ularni hal qilish yo'llari
Ismailova Zuhra Karabaevna, Imomov Inomiddin Abdulhamidovich

Konfliktologiya konfliktlarning oldini olish va ularni bartaraf etish nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan fan sohasi hisoblanib, uni ijtimoiy va shaxslararo munosabatlar psixogigiyenasi fani deb atash mumkin. Konfliktologiyani bilish har bir madaniyatli odam uchun zarur, chunki u insoniy munosabatlarni uyg‘unlashtirishga yordam beradi. Konfliktlar amalda inson faoliyatining barcha sohalarida yuzaga keladi. Bunda hech qanday g‘ayritabiiy narsa yo‘q.

05-06-2023
  • PDF (Русский)
55-58 19 19
XX asrning 40–90-yillarida O‘zbekiston ta’lim tizimida gender tenglik masalalari tarixi
Sharipova Nargizaxon Abduqaxxorovna

Gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati. Hozirgi Yangi O‘zbekistonda gender tenglik yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Muallif arxiv materiallari, ilmiy tadqiqotlar natijalari va davriy nashrlar ma’lumotlaridan foydalangan holda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi gender tenglik masalalari tarixiga nazar tashlashga harakat qilgan

16-04-2025
  • PDF
122-126 214 42
Oilaviy ajrashishlarning farzand tarbiyasiga ijtimoiy-psixologik ta’siri
Abduramanov Xamid Xudaybergenovich, Saxibov Oybek Ko‘yliyevich, Rustamov Jaxongir Ikrom o‘g‘li

Ushbu maqolada oilaviy ajrashishlarning bolalar ta’limiga ijtimoiy-psixologik ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqola ushbu sohadagi empirik tadqiqotlar natijalariga asoslangan. Maqolada ajrimlarning bolalarning ta’lim jarayoniga ta’sirining asosiy jihatlari, shu jumladan, ularning o‘quv natijalari, maktabdagi xatti-harakatlari, o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi, o‘qituvchilar va tengdoshlari bilan munosabatlari, shuningdek, kelajakdagi kasbni tanlash tahlil qilinadi. Ajrashishning bolalar ta’limiga ta’sirining salbiy va ijobiy tomonlari, shuningdek, muvaffaqiyatli moslashish va o‘rganish qiyinchiliklarini bartaraf etishga yordam beradigan omillar ko‘rib chiqiladi

08-04-2025
  • PDF
40-45 319 20
Bolalarni ijtimoiy moslashtirish jarayonida oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘zaro ta’sirining nazariy asoslari va maqsadlari
Zohidova Sanoat Rahmonovna

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashtirishning dolzarbligi, davlat buyurtmasiga muvofiq ushbu jarayonda oilaning o‘rni va imkoniyatlari ochib berilgan, mavjud ilmiy-pedagogik tadqiqotlar va muammoni hal qilish bo‘yicha tajriba tahlil qilingan. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi uchun ota-onalar tomonidan qo‘llabquvvatlashning maqbul usullari tadqiq etilgan

28-12-2021
  • PDF
40-44 76 4
Xalqaro baholash tadqiqotlari asosida oilaning ta’limiy funksiyasini rivojlantirishga qaratilgan tahlil va tavsiyalar
Matkarimov Akramjon Muxtorovich

O‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyati umumta’lim maktablaridagi o‘quv jarayoni, dasturlari, metodlari va o‘quv adabiyotlariga bog‘liq. Shuningdek, o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyati oilaning iqtisodiy-ijtimoiy holati, oiladagi ta’lim muhiti, ota-onaning ta’limga bo‘lgan munosabati va ijtimoiy-pedagogik omillariga asoslanadi. Maqolada mazkur ijtimoiypedagogik omillarga doir ilmiy tadqiqotlar tahlili keltirilgan.

02-07-2025
  • PDF
141-146 403 34
O‘zbekiston oilalaridagi barqaror ijtimoiy hayotni ta’minlashda gender muammolarini o‘rganish hamda targ‘ib etish
Yulchiyeva Dildora Khabibullayevna

Maqolada yaqin yillarda oilalar barqarorligini ta’minlash uchun mamlakatimizda ayollar masalasining umumijtimoiy jihatlari, uning madaniy-ma’naviy xususiyatlarini hamda oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy, ma’rifiy-tashkiliy jihatdan o‘ziga xosligini har tomonlama o‘rganish dolzarb masalalardan biri ekanligi hamda qizlarni qadriyatlar tizimi bo‘yicha tarbiyalashda erkak va ayolning teng huquqliligi xususida so‘z boradi.

28-03-2022
  • PDF
22-26 18 18
Umumiy ta’lim muassalarida bolalar zo‘ravonligi turlari va shakllari
Karimova Maftuna Karimberdiyevna

Maqolada ta’lim muassasasidagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, uni aniqlash va tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlarni o‘rganish va mavjud vaziyatni tahlil qilish orqali umumta’lim muassalarida bolalar zo‘ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish kasbi faoliyatining samaradorligini baholash, shuningdek, “keys menejment”, “ijtimoiy o‘zgarishlar agenti” rollarini tahlil qilish asosida o‘rganish hamda umumta’lim muassalarida bolalar zo‘ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish xodimining o‘rni va rolini oshirishning zamonaviy usullarini takomillashtirish yuzasidan mulohaza yuritiladi.

10-10-2023
  • PDF
27-33 17 18
Oila va umumta’lim maktablaridagi yuqori sinf o‘quvchilarining gender madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari
Bayjonov Furqat Baxromovich

Ushbu maqolada oila va umumta’lim maktablar hamkorligidagi yuqori sinf o‘quvchilarining gender madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari ko‘rib chiqildi.

10-06-2022
  • PDF
54-60 31 18
Xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi faoliyati mazmuni va tahlil
Komilova Xurshida Toxirovna

Maqolada ilm-fanning turli sohalarida xotin-qizlarning ta’lim olishi va ularning ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi atroflicha o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning sotsial qiyofasiga xos xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari yoritilgan

07-04-2025
  • PDF
96-101 233 18
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida milliy yuksalish konsepsiyasini amalga oshirishda ma’rifatning o‘rni
Mavlonov Ilxomjon Xolmirzayevich

Bugungi kunda jahon bo‘ylab yuz berayotgan global o‘zgarishlar nafaqat bizda, balki barcha davlatlarning ta’lim tizimiga kuchli ta’sir qilmoqda. Taraqqiyotimizning yangi bosqichida mamlakatda ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar bugungi kunning dolzarb masalasidir. G‘arb sivilizatsiyasi yuz yildan ortiqroq vaqtdan buyon Sharq ma’naviy madaniyatining ta’sir kuchini boshdan kechirmoqda. Sharq va G‘arb ma’naviyatining o‘zaro yaqinlashuvi integratsiyasi stixiyali emas, ong bilan siyosiy yo‘naltirilgan faoliyat bo’lishi kerak. Ma’rifatli avlodni tarbiyalash zarurati Sharq va G‘arb ma’naviyati bilan birga bahra olishga intilarkan, o‘z ma’naviy qadriyatlaridan voz kechmasdan, ularni yaxshi saqlagan holda keyingi evolyutsiya bosqichlariga ko‘tarilishlari kerak.

06-01-2026
  • PDF
88-93 8 7
Postindustrial tamaddun kontekstida axborot va bilimlar jamiyatining konseptual determinantalari
Xoliqova Mohira Kundibayevna

Mazkur maqolada zamonaviy postindustrial taraqqiyot kontekstida ijtimoiy nazariyalar va konsepsiyalar, xususan, axborot va bilimlar jamiyatining (knowledge society) konseptual determinantalari kontent-tahlil qilinadi hamda bilimlar jamiyatining tamaddun evolyutsiyasi, ta’lim rivoji va shaxs ijtimoiylashuvidagi ahamiyati forsayt tadqiqotlar asosida ochib beriladi.

28-12-2021
  • PDF
71-81 4 1
Pedagogda kasbiy faoliyat va adaptatsiya jarayoni
Qarshiyeva Dilafruz Suyunovna

Maqolada bugungi kunda pedagogning ta’lim tizimidagi roli va ijtimoiy kompetentligining ahamiyati yoritilgan. Aynan pedagoglarning kasbiy tayyorgarligida adaptatsiyaning roli ochib berilgan.

25-12-2022
  • PDF
93-96 4 2
Oilada gender taraqqiyotni rivojlantirishning farzand tarbiyasidagi muhim xususiyatlari: ijtimoiy-psixologik tahlil
Axmedova Manzura Asadovna

Mazkur maqola oiladagi gender tenglik muammolari, jinslar o‘rtasidagi tabiiy-biologik hamda uning ijtimoiy farqli jihatiga qaratilgan. Ijtimoiy tabaqalanishning asosiy tamoyillaridan biri sifatida erkak va ayol o‘rtasidagi dominant hamda bo‘ysunuvchi mutanosiblik to‘g‘risida ham so‘z yuritiladi. Shuningdek, yurtimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan bir qancha yuridik kuchga ega qonun hujjatlari joriy etilishi hamda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi tizimini takomillashtirish, har bir oilada ota-onalarning eng asosiy vazifasi bolalarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini, maylini tarbiyalashga erishishdan iborat ekani to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib o‘tilgan.

15-08-2025
  • PDF
69-73 209 40
Surxondaryo viloyatida yuqori tug‘ilish kо‘rsatkichlarining sabablari va ularning ijtimoiy sohaga ta’siri
Abduramanov Xamid Xudaybergenovich

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida kuzatilayotgan yuqori tug‘ilish kо‘rsatkichlarining demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va institusional sabablari kompleks tahlil qilingan. Shuningdek, yuqori tug‘ilishning sog‘likni saqlash va ta’lim tizimiga yuklayotgan institutsional bosimi baholangan hamda о‘rta va uzoq muddatli demografik prognozlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot xulosalari hududiy ijtimoiy infratuzilmani rejalashtirish, reproduktiv salomatlik siyosati va xotin-qizlarning ijtimoiyiqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan qarorlar uchun amaliy ahamiyatga ega.

06-01-2026
  • PDF
58-65 17 4
Vitagen ta’lim texnologiyasi asosida o‘quvchi qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish
Nurmatova Nargiza Ulug‘bekovna

Ushbu maqolada o‘quvchi qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan bo‘lib, ularning faolligini rivojlantirish jarayonida Vitagen ta’lim texnologiyasidan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Vitagen ta’lim texnologiyasining mazmun va mohiyati haqida pedagog olimlarning qarashlari yoritilgan

07-04-2025
  • PDF
115-119 434 43
Xotin-qizlar ilmiy tatqiqotchilik faoliyatining sotsiologik tahlili
Komilova Xurshida Toxirovna

Davlat va jamiyat ijtimoiy hayotida yuzaga kelayotgan muammolarga ilm-fan orqali yechim izlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning hayotida ta’lim va ilm-fanning o‘rni, ijtimoiylashuviga ta’siri hamda mazkur sohadagi xotin-qizlarning ijtimoiy qiyofasiga xos xususiyatlarni aniqlash asosida aniqlangan asosiy jihatlarning tadqiqot natijalari yoritilgan

01-07-2025
  • PDF
37-41 408 43
Oilalar farovonligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishda ayollar uy xizmati migratsiyasining o‘rni
Rabiyev Bobomurod Bahadirovich

Xorijga uy xizmati faoliyatini amalga oshirish maqsadida ketayotgan ayollar, asosan, oilalarning daromadini oshirish, farzandlar ta’limi va sog‘ligiga mablag‘ yo‘naltirish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashda muhim iqtisodiy manba sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ayollar migratsiyasi oilaviy munosabatlar, ijtimoiy qadriyatlar va gender rollariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada ayollarning migratsion faoliyati kambag‘allikni qisqartirishdagi ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, ijtimoiy muammolar: oilaviy ajralishlar, farzandlar tarbiyasidagi qiyinchiliklar va psixologik bosim kabi salbiy oqibatlari ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari ayollarning uy xizmati migratsiyasini samarali boshqarish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi

26-10-2025
  • PDF
22-27 92 30
Gender rollarining evolyutsiyasida ta’lim institutining o‘rni: avlodlararo ijtimoiy tahli
Vaxidova Sofiya Asratulloyevna

Ushbu maqolada gender rollarining evolyutsiyasida ta’lim instituti o‘rnining avlodlararo ijtimoiy tahlili tadqiqotlari olib borilgan. Tadqiqot doirasida bebi-bumerlar X, Y (milleniallar), Z va Alfa avlodlari vakillarining ta’lim olish imkoniyatlari va erishgan ta’lim darajalari tarixiy va qiyosiy yondashuv asosida tahlil qilindi. Shuningdek, har bir avlodda ta’limga bo‘lgan imkoniyatlarning kengayishi gender rollarining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari xalqaro statistikalar va ilmiy adabiyotlar asosida umumlashtirildi hamda bu orqali ta’lim institutining gender tengligini ta’minlashdagi institutsional ahamiyati ochib berildi.

01-07-2025
  • PDF
26-36 357 51
Barkamol yoshlarni tarbiyalash jamiyatimizning eng dolzarb muammosidir
Musurmonkulov Oybek Uralovich

Ушбу мақолада ёшлар муаммосига доир давлат сиёсати ва шу муносабат билан амалга оширилаётган ўзига хос ўзгаришлар асосида ижобий ишлар қилинаётгани очиб берилган. Ёшларни ижтимоий ҳимоя қилиш, қўллаб-қуватлаш, миллий ғурур ва Ватанга садоқат туйғуларини шакллантиришга қаратилган тадбирларни ўтказиш, бозор иқтисодиёти қонунлари асосида ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қуватлаш, улар учун янги иш ўринлари ташкил этиш, олий маълумот олишлари учун грантлар ажратиш, республикамиздаги иқтидорли ёшларни рағбатлантиришни тарғиб қилиш масалалари ёритилган.

25-12-2022
  • PDF (Русский)
102-105 3 1
1 - 25 from 34 1 2 > >> 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer