• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 70.
Postindustrial tamaddun kontekstida axborot va bilimlar jamiyatining konseptual determinantalari
Xoliqova Mohira Kundibayevna

Mazkur maqolada zamonaviy postindustrial taraqqiyot kontekstida ijtimoiy nazariyalar va konsepsiyalar, xususan, axborot va bilimlar jamiyatining (knowledge society) konseptual determinantalari kontent-tahlil qilinadi hamda bilimlar jamiyatining tamaddun evolyutsiyasi, ta’lim rivoji va shaxs ijtimoiylashuvidagi ahamiyati forsayt tadqiqotlar asosida ochib beriladi.

28-12-2021
  • PDF
71-81 3 1
Gender madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-siyosiy tahlili
Davronova Feruza Rahmonovna

Maqolada jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish va uning gender siyosatiga ta’siri masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti ijtimoiy-tarixiy, struktur va gender yondashuvlari nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Maqolada jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish va ommalashtirish, bir tomondan, davlatning gender siyosatiga ijobiy ta’sir qilib, ikkinchi tomondan, jamiyatda gender munosabatlarining transformatsiyasiga xizmat qilishi, boshqacha qilib aytganda, egalitar xususiyat kasb etishi borasida so‘z boradi. Tizimli tarzda amalga oshirilgan gender strategiyasi jamoatchilik ongiga ta’sir etib, gender stereotiplarining egalitar xususiyatga ega ijtimoiy munosabatlarga o‘rnini almashishi, zamonaviy jamiyatda erkak va xotin-qizlarning teng imkoniyatlarga ega bo‘lishiga xizmat qilishi borasida xulosalar bayon etiladi

26-10-2025
  • PDF
11-15 134 34
O‘smirlarning pulga bo‘lgan munosabatida jamiyatning ijtimoiy-psixologik ta’siri
Xolmuratova Mahbuba Maxmudovna

Mazkur maqolada o‘smirlarning pulga bo‘lgan munosabatida jamiyatning ijtimoiy-psixologik ta’siri o‘rganilgan. O‘smirlarning iqtisodiy tushunchalarini shakllantiruvchi asosiy ijtimoiy omillar, oilaviy muhit, ta’lim tizimi va atrof-muhitning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, ularning pulga bo‘lgan shaxsiy munosabati va bu munosabatga ta’sir etuvchi jamiyatning ijtimoiy va madaniy jarayonlari o‘rganilgan

02-04-2025
  • PDF
45-49 360 24
G‘arb faylasuflari qarashlarida hasad muammosining o‘rganilganlik holati
Jumabekov Ziyovuddin Xazratqul o‘g‘li

Jahonda rivojlanish davrida oilalarning mustahkamligi va farovonligi har bir shaxsning ijtimoiy pozitsiyasiga hamda shaxs hamjamiyatining sog‘lom rivojlanishining ijobiy pozitiv xislatlariga chambarchas bog‘liq. Bu kabi ijobiy xislatlar shakllangan bir davrda bazi jamiyat a’zolarida bir qancha salbiy illatlar ham rivojlanib, namoyon bo‘lmoqda. Bulardan biri – hasad hissidir. Bu kabi illatlarning oldini olishda jamoatchilikning ahamiyati juda katta. Zero, mahalla, oila va jamiyat – bu shaxs rivojlanishining asosiy maskanlaridir

03-04-2025
  • PDF
83-89 225 26
Sifatli ta’limni ta’minlashda oila, maktab va jamoatchilik o'rtasidagi hamkorlik masalalari
Abduraxmonova Manzura Manafovna

Ushbu maqolada “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi”ning ta’lim tizimidagi ishtiroki, o‘quvchilarning muvaffaqiyatga erishishi uchun o‘qituvchilar va ota-onalar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ishlarga oid adabiyotlar tahlili berilgan. Shuningdek, maktab, oila va mahalla hamkorligi maktab ta’limining ko‘p qirrali tushunchasi ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada maktab, oila va jamiyat hamkorligi muhim o‘rin tutishi, milliy ta’lim islohotining muhim omillari yoritilgan. Maktab ijtimoiy ishlarda oila, maktab va jamiyat hamkorligini takomillashtirish maqsadida olimlarning “ijtimoiy ishchi” kasbi ahamiyati haqidagi fikrlari berilgan. Maktab ijtimoiy ishining an’anaviy roli oila, maktab va jamiyatning hamkorligini o‘z ichiga oladi, chunki maktab va jamiyat yoshlarning ta’lim, ijtimoiy va psixologik rivojlanish ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda ishlaydi. Maqolada, shuningdek, Finlyandiya va Shveysariya tajribasi ko‘rib chiqiladi, bu yerda 50 dan ortiq mamlakatlar maktab ta’limida “Oila – maktab – jamiyat” hamkorligini ta’minlash uchun maktablarda ijtimoiy ishlarni joriy qilgan.

28-12-2021
  • PDF (Русский)
114-121 42 1
Zo‘ravonlik hozirgi kunda yuzaga kelgan dolzarb muammo
Otajanov Umid Abdullayevich

Har qanday jamiyatning asosi oilalardan tashkil topganligi, oila tinchligi jamiyat farovonligining asosini tashkil etishini inobatga olib, hozirgi kunda butun dunyo bо‘yicha zо‘ravonliklarning juda kо‘p turlari mavjudligi va shulardan eng e’tiborlisi oilalarda sodir bо‘ladigan zо‘ravonlikni kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun maqolada davlat ravnaqiga sabab bо‘luvchi eng asosiy omillaridan biri bо‘lgan oilalarda zо‘ravonlikni yuzaga kelish holatlarining ustuvor kо‘rsatkichlarini “smart tahlili” asosida ushbu zanjirning buzilishiga olib keluvchi zо‘ravonlik sabablarini aniqlash hamda uni bartaraf etish chora tadbirlari haqida so‘z borgan.

28-12-2021
  • PDF
26-34 42 2
Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda davlat, jamiyat va inson omilining o‘zaro uyg‘unligi
Quramboyev Alisher Maxsudovich

Maqolada O‘zbekiston sharoitida kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish tizimining rivojlanishi, mazkur yo‘nalishda davlat siyosati, fuqarolik jamiyati institutlari va alohida shaxslarning o‘zaro munosabatlari falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif davlatning kafolatchilik roli, jamiyatning axloqiy-ma’naviy qadriyatlar asosidagi hamjihatligi hamda ijtimoiy tenglik, adolat, imkoniyatlar yaratuvchanligi, ijtimoiy himoya mexanizmlarining innovatsion va axborot texnologiyalariga asoslangan rivojlanish zarurati ta’kidlangan. Maqola zamonaviy O‘zbekiston tajribasini nazariy asoslar bilan uyg‘un holda ko‘rsatishga urinishdir.

15-08-2025
  • PDF
38-43 328 45
Oila va jamiyat aloqadorligining ijtimoiy-falsafiy tahlili
Dusmatov Nodir Muxtorovich

Oilada barqaror ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash muammosi bugungi kunda murakkab, fanlararo masalalardan hisoblanadi. Uning nazariy metodologik bazasi sifatida umumiy ijtimoiy-psixologik, pedagogik, falsafiy tadqiqotlar, balki sotsiologik asarlar bilan ifodalanadi. Ushbu maqolada ham oila va jamiyat aloqadorligi masalasi ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etilgan.

10-10-2023
  • PDF
63-68 11 3
Jamiyatda o‘smir onalarning ijtimoiy mavqeyi va unga ta’sir etuvchi omillar
Rustamov Jahongir Ikrom o‘g‘li

Ushbu maqolada jamiyatda o‘smir onalarning ijtimoiy mavqeyining o‘ziga xos xususiyatlari keltirilgan, ularning ijtimoiy mavqeyiga ta’sir etuvchi omillar tahlil etilgan.

05-06-2023
  • PDF
64-67 18 20
"Uy bekasi sindromi" psixologik muammo sifatida
Sharapova Dildora

Sharq oilalarida ko‘pchilik ayollar uy bekasi bo‘lib, ular ro‘zg‘or yumushlari, bolalar tarbiyasi, erlari va qaynona-qaynotalariga g‘amxo‘rlik qilish bilan band bo‘ladilar. Biroq har kuni bir xil ishlarni qayta-qayta bajarish bugungi globallashgan dunyoda ayollarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jamiyatda gender tengligini ta’minlash masalalarini hisobga olgan holda, ularni nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik jihatdan ham ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, ular o‘zlarining qiziqishlari va sevimli yumushlar bilan bog‘liq boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi orqali muammoni yengillashtirishga harakat qilishadi. Ammo bu ham uy bekalarining jamiyatdagi muammolarini hal qilish uchun ideal yechim bo‘lmasligi mumkin. Ushbu maqola uy bekalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, uy bekalarining psixologik muammolari va ularning yechimlarini o‘rganish, “uy bekasi sindromi”ni tashxislash va tuzatishning soddalashtirilgan usullarini tahlil qilishga bag‘ishlangan

07-04-2025
  • PDF (English)
57-67 257 20
Jamiyat rivojlanishida o‘quvchi yoshlardagi kreativ fikrlashni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Abdisharipova Shaydo Bahtiyor qizi

Maqolada o‘quvchi yoshlarda kreativ fikrlashni shakllantirishning psixologik, pedagogik va ijtimoiy asoslari, uning tarixiy taraqqiyoti, amaliy ko‘rinishlari hamda zamonaviy jamiyat rivojlanishidagi o‘rni tahlil etiladi.

06-01-2026
  • PDF
53-57 7 2
Oilaviy ajralishlarning sabablari
Ermatov Shuhrat Тeshabayevich

Ushbu maqolada oilaviy ajralishlarning sabablari, ijtimoiy-psixologik oqibatlari va tavsiflariga oid ma’lumotlar, statistik axborotlar, tahliliy ma’lumotlar, ajralishlarning oilaga, bolalarga va jamiyatga nisbatan ta’siriga tegishli jihatlar keng yoritilgan.

10-06-2022
  • PDF
49-53 61 23
Oilaviy qadriyatlar va ularni harakatlantiruvchi determinantlar tasnifi
Toshmurodov Mirolim Ismoil o‘g‘li

Ushbu maqolada oilaviy qadriyatlarning mazmun-mohiyati hamda ularni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi determinantlar tahlil qilingan. Oilaviy qadriyatlar jamiyat barqarorligining asosiy omillaridan biri bo‘lib, ular avloddan avlodga o‘tuvchi an’ana, urf-odat va ma’naviy meros sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada oilaviy qadriyatlarni harakatlantiruvchi determinantlar biologik, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va madaniy omillar nuqtayi nazaridan tasniflanadi. Har bir determinant oilaning mustahkamligi va davomiyligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, xususan, globallashuv, migratsiya, texnologik taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlarning oilaviy qadriyatlarga ta’siri muhokama qilinadi. Tadqiqot natijasida oilaviy qadriyatlarning saqlanishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan omillar aniqlanib, ularning barqarorligini ta’minlash yo‘llari taklif etilgan. Mazkur ish oilaviy qadriyatlar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi mutaxassislar va keng jamoatchilik uchun foydali ma’lumot manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

01-07-2025
  • PDF
82-87 331 41
Jamiyatda ayollar faolligining ijtimoiy-psixologik muammolari
Sultanova Shaxnoza Gayratovna

Maqolada xotin-qizlarning jamiyatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga nisbatan moslashuvchanligi jarayonida yuz beradigan psixologik o‘zgarishlar keltirib o‘tilgan. Asosiy e’tibor hozirgi kungacha turli soha vakillarining bahs mavzusiga aylangan xotin-qizlarning ijtimoiy faollik tushunchasi borasidagi turlicha qarashlar, keltirilgan asoslar va talqinlarga qaratilgan. Shunga muvofiq, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq psixologik xususiyatlar, unga ta’sir qiluvchi omillar, qadriyatlar va hayotiy strategiyalari nazariy, amaliy jihatdan muallif tomonidan ajratib ko‘rsatilgan.

05-04-2023
  • PDF
21-25 78 21
Shaxsda moddiy yetishmovchilik hissining ontogenez xususiyatlari
Raximova Xusnora

Insonning ontogonez xususiyati shaxsning hayotidagi barcha jabhalariga tegishli bo‘lib, maqolada shaxsda moddiy yetishmovchilik hissining ontogenez xususiyatlari tahlili yoritilgan. Shuningdek, uning jamiyat va shaxsiy hayotdagi roli va jamiyat bilan bo‘ladigan muloqotiga ta’sirining ontogonez doirasidagi barcha izlanishlar hamda moddiy yеtishmovchilik insondagi psixologik holatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmasligi, shu orqali shaxs o‘zida moddiy yеtishmovchilik hissini yuzaga keltirishi haqida so‘z yuritilgan. Shaxs ontogenezidagi holatlarini tushunishini turli chet el olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar isbotida ko‘rib, uni xulosalashga va bu tadqiqotlar shaxs ontogenezi inson hayotida qanchalik muhimligini ko‘rsatish maqsad qilingan.

25-08-2025
  • PDF
96-100 75 31
Oila madaniy qadriyatlarining shaxs kamolotida tutgan o‘rni
Muxamedjonova Lalixon Ashuraliyevna

Maqolada oilaning axloqiy qadriyatlarini avlodlarga yetkazish asosiy omil ekanligi, oilaning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy munosabatlarni shakllantirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan huquqiy asoslarni ochib berishga harakat qilingan.

10-06-2022
  • PDF
41-48 21 21
Farzand tarbiyasida ota-onaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Yakubov Odiljon Tolibjon oʻgʻli

Ushbu maqolada farzand tarbiyasida ota-onalarning asosiy vazifalari va funksiyalari haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, unda ota-onalar tomonidan milliy tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yishda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar yoritib berilgan. Bolalarni jamiyatning faol a’zosi sifatida tarbiyalash uchun ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ota-onaning shaxsiy namuna ko‘rsatishi zarurligi kabi muhim jixatlar asoslangan

03-04-2025
  • PDF
119-123 283 24
Oilaviy munosabatlar transformatsiyalashuvining nazariy-metodologik asoslari
Inoyatova Saodatxon Joxongir qizi

Jamiyat patriarxal tizimining o‘zgarishi, zamonaviy oilaviy qadriyatlar va munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq individual-subyektiv jarayonlar, sivilizatsiya, ijtimoiy-madaniy, siyosiy, huquqiy globallashuv va boshqa omillar ta’siri natijasida jamiyatda oila rivojlanishining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tubdan o‘zgardi. Transformatsiyaning asosiy vektori va uning tipologik xilma-xilligi oiladagi munosabatlarning egalitarizatsiya (ijtimoiy maqomlarning tengligi) darajasiga o‘tishi sifatida ifodalanadi.

15-08-2025
  • PDF
18-22 208 40
Oila va nikoh munosabatlari, nikohdan ajrashish va uning omillari
Turayev Laziz Shokirovich

Ushbu maqolada olib borilgan tadqiqotlar asosida ajrashishning ijtimoiy mohiyati, uning ehtimolini oshiruvchi omillar aniqlangan, ajrashish sabablari hamda uning oila a’zolari va jamiyat uchun oqibatlari, shuningdek, nikoh va ajrashishlar ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi tahlil qilingan

26-10-2025
  • PDF
42-50 204 31
Oilani psixologik qo‘llab-quvvatlashning tizimli modeli
Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li

Zamonaviy olimlarning tadqiqotlari asosida oilani psixologik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish muammosi kompleks yondashuv nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilgan. Maqolada oilani psixologik qo‘llab-quvvatlashning o‘ziga xos tarkibiy to‘rtta qo‘shimcha dasturdan iborat modeli ishlab chiqilgan holda asoslanib, ularning mazmuni batafsil ochib berilgan va amaliy qo‘llash usullari tavsiflangan. Zamonaviy o‘zbek jamiyatida oilaning psixologik xulq-atvorining xususiyatlari va unga bo‘lgan yondashuvlari ko‘rsatilgan.

25-08-2025
  • PDF
42-47 389 34
Sotsiologik tadqiqotlar – ijtimoiy xavfsizlik masalalarini о‘rganishning muhim instrumenti sifatida
Tо‘rayev Odil

Mazkur maqolada sotsiologik tadqiqotlarning jamoatchilik fikrini о‘rganish orqali ijtimoiy xavfsizlik holatini baholashdagi о‘rni yoritib berilgan. Bunda sohadagi asosiy manfaatlar va xavfsizlikka tahdidlar tadqiq etishga qaratilgan bo‘lib, xavfsizlik tadqiqotlarida empirik metodlardan foydalanish amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan.

25-12-2022
  • PDF
106-112 64 2
Oiladagi zo‘ravonlik sharoitida yashayotgan o‘smirlarning jamiyatga moslashish xususiyatlarini tahlil qilish.
Sharipova Asal Sarvarovna

Ushbu maqolada hissiy buzilishlar va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarning ijtimoiy va psixologik moslashuv xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni empirik o‘rganish natijalari keltirilgan. Olingan natijalar tahlil qilindi, xulosalar berildi.

02-07-2025
  • PDF (English)
136-140 242 31
Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda xorijiy tajribaning ahamiyati
Maxmudova Malika Anvarovna

Maqolada hozirgi kunda O‘zbekistonda siyosiy va ijtimoiy qarorlarni qabul qilishda ayollar ishtiroki bilan bog‘liq vaziyatlar hamda dunyoda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda qo‘llanayotgan ilg‘or xorijiy tajribalar tahlil etilgan.

05-04-2023
  • PDF
11-15 15 19
Ko‘p bolali oilalar submadaniyatida shaxslararo munosabatlarning psixologik predikatlari
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Ko‘p bolali oilalar muammolari bugungi kunda ham mahalliy, ham xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilayotgan muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Ko‘p bolali oilalar o‘ziga xos psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida ijtimoiy guruh ekanligini bois ko‘p bolali oila fenomeni jamiyat institutsionallashuvida muhim hisoblanib, oiladagi submadaniyatning o‘ziga xos jihatlari ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi

08-04-2025
  • PDF
56-62 323 23
Milliy qadriyatlarga asoslangan oilaviy murosa tamoyillarining ahamiyati
Toshmurodov Mirolim Ismoil o‘g‘li

Mazkur maqolada milliy qadriyatlar negizida shakllanayotgan oilaviy murosa tamoyillarining jamiyat barqarorligi va ma’naviy uyg‘unlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil etilgan. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, an’analari hamda axloqiy qarashlari oilaviy totuvlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va sabr-toqatni mustahkamlovchi omil sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, maqolada zamonaviy globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni asrash, yoshlar ongiga murosa madaniyatini singdirish va oilaning ma’naviy immunitetini kuchaytirish zarurati ilmiy asosda yoritilgan. Natijada, milliy qadriyatlar oilaviy murosa tamoyillarining poydevori va ijtimoiy barqarorlik kafolati sifatida baholangan.

06-01-2026
  • PDF
19-24 10 5
1 - 25 from 70 1 2 3 > >> 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer