Ushbu maqolada ayollar migratsiyasining oilaviy muhitga, er-xotin munosabatlariga ijtimoiy-psixologik ta’siri yoritilgan tadqiqotlar tahlili keltirilgan. Shuningdek, ayollar migratsiyasi tufayli ortda qoldirilgan farzandlarning ruhiyatida yuzaga kelayotgan psixologik o‘zgarishlar yoritilgan.
Ushbu maqolada ayollar mehnat migratsiyasining sabablari va omillari yoritilgan, dunyo mamlakatlarida ayol mehnat migrantlari soni va ulushi tahlil qilingan, ayollar mehnat migratsiyasining asosiy oqimlari hamda zamonaviy yo‘nalishlari keltirilgan.
Migratsiya oqimlarining feminizatsiyasi, ya’ni migrantlarning umumiy sonida ayollar ulushining oshishi ekspertlar tomonidan xalqaro mehnat migratsiyasi rivojlanishining eng yangi bosqichining oʻziga xos xususiyati sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu koʻp jihatdan globallashuv jarayonlari bilan birga keladigan jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Bandlik tuzilmasida xizmat koʻrsatish sohasining ortib borayotgan ustunligi rivojlangan davlatlarning xizmat koʻrsatish sohasida malakasiz mehnatda band boʻlgan migrant ayollarga boʻlgan ehtiyojini shakllantiradi