Maqola ilk bolalik davridagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitlariga moslashtirishning psixologik omillarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Adabiyotlar tahlili o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi moslashish shartlari, oiladagi bolalar soni va moslashish davrining davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Psixologik-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish asosida bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitlariga moslashtirishni optimallashtirishga qaratilgan, ya’ni bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotining ijtimoiy-madaniy muhitiga tezroq va xavfsizroq moslashishi yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.