Migratsiyaning feminizatsiyalashuvi zamonaviy global migratsiya modellarida muhim hodisa sifatida paydo bo‘lgan, turli sabablarga ko‘ra mustaqil ravishda ko‘chib yurgan ayollar sonining ortishi bilan tavsiflanadi. Mazkur maqolada ushbu tendensiyaning ta’siri o‘rganiladi. Unda ayollar migratsiyasi nafaqat oila tuzilmalarini o‘zgartiribgina qolmay, balki o‘z mamlakatlaridagi uy xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligi uchun juda muhim bo‘lgan pul o‘tkazmalari orqali iqtisodiyotga qo‘shadigan hissasi tahlil qilinadi
Ushbu maqolada ayollar migratsiyasining oilaviy muhitga, er-xotin munosabatlariga ijtimoiy-psixologik ta’siri yoritilgan tadqiqotlar tahlili keltirilgan. Shuningdek, ayollar migratsiyasi tufayli ortda qoldirilgan farzandlarning ruhiyatida yuzaga kelayotgan psixologik o‘zgarishlar yoritilgan.
O‘z joniga qasd qilish sog‘liqni saqlashning dolzarb muammosidir, biroq O‘zbekistonda uning muhokamasi ko‘pincha madaniy va ijtimoiy to‘siqlarga duch keladi. Muammoni yashirish jamoat salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, o‘z joniga qasd qilishning oldini olishni qiyinlashtirishi ham mumkin. Ushbu maqola O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining asosiy sabablari – mavzu haqida sir saqlash oqibatlari va bu muammoning jamiyat va davlat institutlari darajasida muhokama qilishning ahamiyatini ko‘rib chiqadi. Ruhiy salomatlik haqida ochiqlik va o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha faol harakatlar fuqarolarning farovonligini oshiradi
Ushbu maqolada intellektual migratsiyaning nazariy asoslari, uni keltirib chiqaruvchi omillar va uning sabablari, shuningdek, intellektual migratsiyaning asosiy turlari haqida ma’lumotlar tahlil qilindi. Intellektual migratsiyaning barcha jihatlari ko‘rib chiqilib, kerakli taklif va tavsiyalar berildi
Mazkur maqolada muallif olimlarning tadqiqotlari asosida mehnat migratsiyasi haqida qisqacha to‘xtab o‘tiladi. Shuningdek, mehnat migrantlarining farzandlari bilan o‘tkazgan amaliy tadqiqoti natijalarini bayon qilgan holda mehnat migratsiyasining mamlakatimiz uchun ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qiladi
Globallashuv va aholining o‘sib borayotgan harakatchanligi sharoitida migrantlarni yangi etnik-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Moslashuv jarayoni murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda madaniy, ijtimoiy va global omillar kesishadi. Ushbu maqolada ijtimoiy psixologiyani tushuntiruvchi asosiy nazariy yondashuvlar va modellar ko‘rib chiqiladi