Bugungi kunda axborot oqimi tezlashuvi, texnologiyalar kundan kunga rivojlanishi natijasida o‘zib kelayotgan yosh avlodda axborot xavfsizligini ta’minlash, ularda axborotlarga nisbatan hushyorlik va ogohlik fazilatlarini shakllantirish muhim dolzarb pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada ham qo‘yilgan muammo yuzasidan pedagogik faoliyatni rivojlantirish, jumladan, buning uchun oila va maktab hamkorligini muntazam yo‘lga qo‘yish, NLD texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, muayyan texnologiyalar ishlab chiqish, pedagogik faoliyatni takomillashtirish yo‘llari tahlilga tortilgan.