Maqolada “Huquqiy ong” tushunchasining tarkibiy tahlili, “huquq” va “ong” tushunchalari mazmuni, ushbu tushunchalarning lingvistik, falsafiy va huquqiy tahlili, ularning “Huquqiy ong” iborasi tarkibidagi o‘ziga xos o‘rni, “huquq” tushunchasining asosi sifatida “haq”, “haqiqat” so‘zlarining o‘rni yoritilgan
Ushbu maqolada harbiy ijtimoiy ishning huquqiy asoslari, harbiy ijtimoiy ish doirasidagi huquqiy ta’limga bo‘lgan ehtiyoj, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi asosiy va eng qiyin muammo ularning huquqlarini qonun bilan ta’minlash bilan emas, balki harbiy xizmatchilarning huquqiy tayyorgarligi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yеtarli darajada ta’minlash ekanligi ta’kidlangan. Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy muammolarini hal qilishda davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik, harbiy ijtimoiy ishning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilib, harbiy xizmatchilarning huquqiy madaniyatini amalga oshirishda ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash eng muhim shart ekanligi ochib berilgan