Suv ta’minoti, sanitariya-gigiyena va oila ijtimoiy-gigiyenik farovonligi holatining monitoringi natijalari xonadon sharoitlarini yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirish, atrof-muhit omillarining insonga zararli ta’siri bo‘lmagan va uning hayoti uchun qulay sharoitlar ta’minlangan sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida shahar va qishloq joylarida sohada ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni qabul qilish uchun asos bo‘ladi. Elektron dasturiy mahsulot (2022- yil 22-fevraldagi DGU15113-son) xavfsiz suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena indikativ ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, aholiga maishiy gigiyena darajasini mustaqil baholash bilan shug‘ullanish xonadonlarining sanitariyagigiyena sharoitlari bilan ta’minlanganlik darajasini baholash reytingini joriy etish asosida oila salomatligi va farovonligini saqlash butun respublika bo‘ylab maishiy va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish muhimligiga munosabat va xulq-atvorni o‘zgartirish imkonini beradi.