Konfliktologiya konfliktlarning oldini olish va ularni bartaraf etish nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan fan sohasi hisoblanib, uni ijtimoiy va shaxslararo munosabatlar psixogigiyenasi fani deb atash mumkin. Konfliktologiyani bilish har bir madaniyatli odam uchun zarur, chunki u insoniy munosabatlarni uyg‘unlashtirishga yordam beradi. Konfliktlar amalda inson faoliyatining barcha sohalarida yuzaga keladi. Bunda hech qanday g‘ayritabiiy narsa yo‘q.