Maqola Sovet davrida O‘zbekiston ayollarining ijtimoiy va siyosiy hayotdagi faoliyatini tahlil qiladi. “Hujum” siyosati, ayollarning mehnat, ta’lim va siyosiy ishtiroki, shuningdek, milliy qadriyatlar bilan yuzga kelgan ziddiyatlar yoritiladi. Tadqiqot sovet modernizatsiyasining ayollarning jamiyatdagi mavqeyiga ta’sirini ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada muallif tomonidan olib borilgan tadqiqot asosida mehnat migratsiyasi daxl qilgan oilalarda voyaga yetayotgan o‘smirlarda o‘z-o‘zini dolzarblashtirish jarayoni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari jadval va diagrammada keltirilgan va shu asosda xulosa berilgan
Mazkur maqolada xotin-qizlar va erkaklar uchun mehnat munosabatlarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashning ahamiyati hamda ijtimoiy-huquqiy jihatlari tahlil qilinib, xalqaro huquq talablari va xorijiy mamlakatlar tajribalari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston mehnat bozorida xotin-qizlar ulushining oshishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar ko‘rsatilib, ular orasida ish joyida kamsitish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi