Migratsiyaning feminizatsiyalashuvi zamonaviy global migratsiya modellarida muhim hodisa sifatida paydo bo‘lgan, turli sabablarga ko‘ra mustaqil ravishda ko‘chib yurgan ayollar sonining ortishi bilan tavsiflanadi. Mazkur maqolada ushbu tendensiyaning ta’siri o‘rganiladi. Unda ayollar migratsiyasi nafaqat oila tuzilmalarini o‘zgartiribgina qolmay, balki o‘z mamlakatlaridagi uy xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligi uchun juda muhim bo‘lgan pul o‘tkazmalari orqali iqtisodiyotga qo‘shadigan hissasi tahlil qilinadi
Mazkur maqolada “xavfsiz hudud” va “xavfsiz mahalla” tamoyili asosida oilalar barqarorligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etishning muhim jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada migratsiya ta’sirida yuzaga keladigan xavflarning oldini olishda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifalari ifodalangan.
Ushbu maqolada mehnat bozorida ishchi kuchi bandligini ta’minlashda migratsiya jarayonining o‘rni asoslangan, aholining ichki va tashki migratsiyasiga ta’sir etuvchi omillar tasniflangan, mehnat bozorida ishchi kuchining tashkillashtirilgan eksportini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada muallif oilaning inson hayotidagi o‘rniga to‘xtalib, mehnat migratsiyasi jarayoni haqida fikr yuritadi. Tadqiqot natijalarini keltirib, o‘zining xulosa va tavsiyalarini beradi.
Ushbu maqolada ayollar mehnat migratsiyasining sabablari va omillari yoritilgan, dunyo mamlakatlarida ayol mehnat migrantlari soni va ulushi tahlil qilingan, ayollar mehnat migratsiyasining asosiy oqimlari hamda zamonaviy yo‘nalishlari keltirilgan.
Mazkur maqolada muallif olimlarning tadqiqotlari asosida mehnat migratsiyasi haqida qisqacha to‘xtab o‘tiladi. Shuningdek, mehnat migrantlarining farzandlari bilan o‘tkazgan amaliy tadqiqoti natijalarini bayon qilgan holda mehnat migratsiyasining mamlakatimiz uchun ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qiladi