Maqolada inson shaxsining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi subyektiv omillardan biri bo‘lmish aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya jarayoni haqida so‘z boradi. Muallif tomonidan inson shaxsi mutlaqo o‘zgarmas fenomen emasligi ta’kidlanib, uning tarkibidan joy olgan elementlar insonning butun umri davomida shakllanib va takomillashib borishi yoritilgan. Xususan, maqolada inson shaxsining shakllanishi, kamol topishida aniq maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyat ya’ni tarbiyaning o‘rni ochib berilgan. Jumladan, uzluksiz ma’naviy tarbiya yagona maqsadga bo‘ysundirilganida, har bir subyekt umumiy maqsadning aniq bir qismini mufassal bajarganidagina mazkur subyektiv omilning samarasi baland bo‘lishi ilmiy asosda yoritib berilgan.