Ushbu maqolada intellektual migratsiyaning nazariy asoslari, uni keltirib chiqaruvchi omillar va uning sabablari, shuningdek, intellektual migratsiyaning asosiy turlari haqida ma’lumotlar tahlil qilindi. Intellektual migratsiyaning barcha jihatlari ko‘rib chiqilib, kerakli taklif va tavsiyalar berildi
Ushbu maqolada ayollar mehnat migratsiyasining sabablari va omillari yoritilgan, dunyo mamlakatlarida ayol mehnat migrantlari soni va ulushi tahlil qilingan, ayollar mehnat migratsiyasining asosiy oqimlari hamda zamonaviy yo‘nalishlari keltirilgan.
Mazkur ilmiy maqola hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan migratsiya masalasiga bag‘ishlangan. Migrant ayollarning muammolari, ayollarning migratsiyaga undovchi sabablar ochib berilgan hamda migrant ayollarda uchraydigan psixologik holatlar tahlil qilingan.
Migratsiya oqimlarining feminizatsiyasi, ya’ni migrantlarning umumiy sonida ayollar ulushining oshishi ekspertlar tomonidan xalqaro mehnat migratsiyasi rivojlanishining eng yangi bosqichining oʻziga xos xususiyati sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu koʻp jihatdan globallashuv jarayonlari bilan birga keladigan jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Bandlik tuzilmasida xizmat koʻrsatish sohasining ortib borayotgan ustunligi rivojlangan davlatlarning xizmat koʻrsatish sohasida malakasiz mehnatda band boʻlgan migrant ayollarga boʻlgan ehtiyojini shakllantiradi
Mazkur maqolada migrant ayollarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar, ijtimoiy himoya shakllari va xalqaro huquq nuqtayi nazaridan ijtimoiy ta’minot bilan bog‘liq muammolarga global nuqtayi nazardan yondashilgan. Xususan, muallif tashqi mehnat migratsiyasida bo‘lgan ayollarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini ilgari surgan, tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqqan.
Hozirgi kunda dunyo aholisining 70 foizdan ortig‘i Osiyo mintaqasi hissasiga to‘g‘ri keladi va bu mintaqada turli millat, elat madaniyat vakillari istiqomat qiladi. Hududlardagi davlatlar iqtisodiyoti geografik joylashuviga qarab farqlanadi, ba’zi davlatlar ishchi kuchi eksport qilsa, ba’zi davlatlar ishchi kuchini import qiladi. Ya’ni rivojlanayotgan va rivojlangan yirik mamlakatlarga mehnat migranti sifatida borishadi. Ushbu maqola ayol mehnat migrantlari migratsiyasi bo‘yicha Filippin tajribasi tadqiqiga bag‘ishlangan