Oʻzbek toʻylarining sadosi olis-olislardan eshitiladi, o‘ziga xos tarzda o‘tadi. Bugungi kunda respublikada jamoatchilikning marosimlar masalasi bo‘yicha fikrining ikkiga boʻlinishi kuzatilmoqda. Maqolada milliy marosimlarni tashkillash masalalari tarixiga nazar tashlanib, oʻtgan asrda mazkur masalada jamoatchilik tomonidan olib borilgan targʻibotlar haqida soʻz yuritiladi.