Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston Respublikasida kuzatilayotgan erta nikoh va erta tug‘uruq holatlari ilmiy tahlil qilingan, omillari va oqibatlari aniqlangan, erta nikoh va erta tug‘uruq holatlarining oldini olish bo‘yicha xorij tajribalari yoritilgan hamda ulardan O‘zbekistonda foydalanish imkoniyatlari ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada erta nikoh va erta tug‘uruq holatini oldini olish bo‘yicha xalqaro va milliy qonunchilikda qabul qilingan normalar tahlil qilingan. Shuningdek, bu kabi noxush holatlarni bartaraf etish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslagan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada jamiyatda o‘smir onalarning ijtimoiy mavqeyining o‘ziga xos xususiyatlari keltirilgan, ularning ijtimoiy mavqeyiga ta’sir etuvchi omillar tahlil etilgan.
Ushbu maqolada erta nikoh va erta tug‘uruq holatlariga oid xalqaro talablarning milliy qonunchilikda aks etishi, ma’muriy va jinoiy javobgarlik, sud-huquq amaliyoti tahlil qilingan.