Hozirgi vaqtda oila va ta’lim muassasasida bolalarning psixofiziologik farovonligi muammosi alohida ahamiyatga ega dolzarb masalalardan biriligicha qolmoqda. Buning asosiy sababi – oʻsib kelayotgan barkamol avlodning ma’naviy, jismoniy va psixologik salomatligi, yetukligi bugungi davlat siyosatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Oila yetakchi ijtimoiy institut boʻlib, uning inson ruhiyatiga ta’siri shubhasizdir, chunki aynan oilaning katta-kichikligi turiga koʻra shaxs shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi.