Xorij olimlarining tadqiqotlari asosida sevgi ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida kompleks yondashuv nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilgan. Maqolada sevgining er-xotin munosabatlarining psixologik tarkibiy tuzilishi sifatida ijtimoiy rivojlanishga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda sevgi va insonning psixologik holati o‘rtasidagi bog‘ liqlik, oilaviy munosabatlar kontekstida sevgi fenomeniga bo‘lgan yondashuvlar koʻrsatilgan.
Bugungi kunda oilalardagi munosabatlar barqarorligini ta’minlashda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyatga alohida e’tibor qaratish dolzarb ahamiyatga egaligi xususida nafaqat umumiy ijtimoiy-psixologik, pedagogik tadqiqotlar, balki sotsiologik olimlarning ilmiy izlanishlarida ham yoritilayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ushbu maqolada ham oila barqarorligini ta’minlashda er-xotin va farzandlar o‘rtasida ijobiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ijtimoiy-pedagogik jihatdan tahlil etilgan
Maqola oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar o‘rtasida xavotir muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda jamiyatda ortib borayotgan oilaviy zo‘ravonlik, xususan, er-xotin munosabatlaridagi zo‘ravonlik tufayli xavotir darajasining yuqoriligini insonning umumiy hayot sifati pasayishiga va turli xil ruhiy hamda asab kasalliklariga olib keladigan eng keng tarqalgan psixologik omillardan biri sifatida qarash mumkin. Zamonaviy psixologiya amaliyotida kognitiv xulq-atvor terapiyasi eng samarali yondashuvlardan biri hisoblanadi va muallif oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlashda ushbu terapiya texnikalarining samaradorligini ko‘rsatadi
Ushbu maqolada ayollar migratsiyasining oilaviy muhitga, er-xotin munosabatlariga ijtimoiy-psixologik ta’siri yoritilgan tadqiqotlar tahlili keltirilgan. Shuningdek, ayollar migratsiyasi tufayli ortda qoldirilgan farzandlarning ruhiyatida yuzaga kelayotgan psixologik o‘zgarishlar yoritilgan.
Maqolada oilada turmush o‘rtoqlar munosabatidagi zo‘ravonlik vaziyatida uning faoliyatining halokatli omillarini hisobga olgan holda intervensiya (aralashuv) konsepsiyasi taklif etiladi. Intervensiyaning maqsadlari muhokama qilinib, oilaviy zo‘ravonlik holatlarida oilalarga yordam berishga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar tahlili berilgan.