• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 14.
Gender madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-siyosiy tahlili
Davronova Feruza Rahmonovna

Maqolada jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish va uning gender siyosatiga ta’siri masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti ijtimoiy-tarixiy, struktur va gender yondashuvlari nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Maqolada jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish va ommalashtirish, bir tomondan, davlatning gender siyosatiga ijobiy ta’sir qilib, ikkinchi tomondan, jamiyatda gender munosabatlarining transformatsiyasiga xizmat qilishi, boshqacha qilib aytganda, egalitar xususiyat kasb etishi borasida so‘z boradi. Tizimli tarzda amalga oshirilgan gender strategiyasi jamoatchilik ongiga ta’sir etib, gender stereotiplarining egalitar xususiyatga ega ijtimoiy munosabatlarga o‘rnini almashishi, zamonaviy jamiyatda erkak va xotin-qizlarning teng imkoniyatlarga ega bo‘lishiga xizmat qilishi borasida xulosalar bayon etiladi

26-10-2025
  • PDF
11-15 129 33
Gender munosabatlar sotsiologik va psixologik yondashuvlar talqinida
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada gender munosabatlar tushunchasi mazmuni sotsiologik va psixologik yondashuv asosida ochib berilgan. Unda tadqiqotlarda gender yo‘nalishidagi ilmiy ishlarni tahlil qilish orqali gender munosabatlari bo‘yicha asosiy tendensiyalar va istiqbollarni belgilash masalalari ko‘tarilgan.

10-10-2023
  • PDF
11-17 19 20
Gender munosabatlarga sotsiologik yondashuv
Farxodova Ziyoda

Sotsiologiyada keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan tushunchalardan biri – gender xorijiy davlatlarda ancha chuqur o‘rganilgan. Shu bilan birga, madaniy omillar ta’siri ostida gender munosabatlarning o‘ziga xosligi gender tushunchasining turlicha talqin qilinishga sabab bo‘lmoqda. Bunga ijtimoiy fanlarda ushbu tushunchani izohlashda maskulinlik va feminlik tushunchalariga yagona munosabatning shakllanmaganligi ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu xususiyatlarga ko‘ra, o‘zbek jamiyatida ham “gender” tushunchasi o‘ziga xos ahamiyat kasb etib, maqolada ushbu xususiyatlar zamonaviy sotsiologiyadagi yondashuvlar yordamida tahlil qilingan.

25-12-2022
  • PDF
113-115 23 3
O‘smirlarda gender yondashuv asosida oilaviy-qadriyatli munosabatni shakllantirish
Yunusov Ulug‘bek Odiljonovich

Mazkur maqolada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender yondashuv asosida oilaviy qadriyatlarga nisbatan munosabatni shakllantirish masalasi yoritilgan. Unda gender tushunchasining mohiyati, ayol va erkak rollarining ijtimoiy jihatlariga ta’siri hamda ularning tarbiyaviy ahamiyati tahlil etilgan. Muallif oila institutining jamiyatdagi o‘rni, uning ma’naviyaxloqiy qadriyatlar tizimidagi ahamiyatini ochib beradi. Pedagogik nuqtayi nazardan, o‘quvchilarda oilaga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirishda gender tenglik, milliy an’analar va ma’naviy merosning uyg‘unligi asosiy mezon sifatida belgilangan. Shuningdek, maqolada o‘qituvchilar va ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishyo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan

26-10-2025
  • PDF
61-64 273 59
Mehnat munosabatlarida kamsitish holatlarining oldini olish va gender tengligini ta’minlashning ijtimoiy huquqiy jihatlari
Saydivalieva Xurshida Xodjiakbarovna, Kadirova Tulunoy Juratovna

Mazkur maqolada xotin-qizlar va erkaklar uchun mehnat munosabatlarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashning ahamiyati hamda ijtimoiy-huquqiy jihatlari tahlil qilinib, xalqaro huquq talablari va xorijiy mamlakatlar tajribalari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston mehnat bozorida xotin-qizlar ulushining oshishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar ko‘rsatilib, ular orasida ish joyida kamsitish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi

08-04-2025
  • PDF
4-11 298 26
Kаdrlаr zаxirаsini shаkllаntirishdа gеndеr tеnglikni tа’minlаshning ijtimоiy-psixоlоgik asoslаri
Abdullajanova Dilnozaxon Sultanbekovna

Shаxs muаmmоsini tаdqiq еtish bоrаsidаgi zаmоnаviy tаdqiqоtlаrdа gеndеr mаsаlаsini оchiqlаshdа ko‘plаb urinishlаr kuzаtilаdi. Bu, birinchi nаvbаtdа, jаmiyаtdаgi ijtimоiy-psixоlоgik o‘zgаrishlаr bilаn bоg‘liq bo‘lgаn yоndаshuvlаrdа, yа’ni аyоl vа еrkаk munоsаbаtlаridаgi ustаnоvkаlаr, stеrеоtiplаr, xulq-аtvоrning ijtimоiy оbrаzlаridаgi trаnsfоrmаtsiyаlаr bilаn bоg‘liq bo‘lаdi. Shаxsning gеndеr idеntivligining shаkllаnish xususiyаtlаri sоtsiоlоgiyа, psixоlоgiyа, pеdаgоgikа yo‘nаlishidа ilmiy tizimlаshtirilgаn bo‘lib, bu guruhlаrаrо vа shаxslаrаrо munоsаbаtlаr jаrаyоnidа аdеkvаt tushunchаlаrni аnglаsh imkоniyаtini yаrаtаdi. Shuningdek, kadrlar zaxirasini shakllantirishda gender tenglikni ta’minlashda ijtimoiy-psixologik omillarni ham inobatga olish muhim boʻlib, maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi

11-04-2025
  • PDF
4-9 262 31
Iqtisodiy munosabatlar doirasida “zumer” avlod vakillarining gender farqlanishlari
Umarova Navbahor Shokirovna

Maqolada “Z” avlod vakillarining iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayonida iqtisodiy munosabatlarga yo‘nalganlik ustanovkalari, ularning kognitiv va emotsional olamiga daxldorligidagi gender farqlanishlar tahlil qilingan.

25-12-2022
  • PDF
52-55 4 7
Tadqiqotlarda ayollar migratsiyasining oilaviy munosabatlarga ta’siri o‘rganilganligi
Sadullayeva Jamilaxon Ibodilla qizi

Ushbu maqolada ayollar migratsiyasining oilaviy muhitga, er-xotin munosabatlariga ijtimoiy-psixologik ta’siri yoritilgan tadqiqotlar tahlili keltirilgan. Shuningdek, ayollar migratsiyasi tufayli ortda qoldirilgan farzandlarning ruhiyatida yuzaga kelayotgan psixologik o‘zgarishlar yoritilgan.

03-04-2025
  • PDF
90-93 214 37
XX asrda O‘zbekiston sanoatlashuvining oilaviy mehnat munosabatlariga ta’sirining tarixiy tahlili
Mamatqulov Bekzod Sherozovich

XX asrda O‘zbekistonning sanoatlashuvi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ushbu maqolada sanoat rivojlanishining oilaviy mehnat munosabatlariga ko‘rsatgan ta’siri tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Sanoatlashuv jarayonida erkak va ayol mehnatining o‘zaro taqsimoti, oiladagi iqtisodiy rollarning o‘zgarishi, urbanizatsiya va ijtimoiy siyosatning oilaviy hayotga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston jamiyatida mehnat madaniyati va gender rollarining shakllanishida sanoatlashuvning muhim omil bo‘lganini ko‘rsatadi.

06-01-2026
  • PDF
71-76 11 5
Migrant oilalarda shaxslararo munosabatlarni empirik tadqiq etishning etnomadaniy xususiyatlari
Abdusamatov Xasanboy Usmonjon oʻg‘li

Ushbu maqolada oʻzbek migrant oilalarining shaxslararo munosabatlarni psixologik xususiyatlari yoritilgan. Maqolada migrant va migrant boʻlmagan oilalardagi shaxslararo munosabatlarni etnik va gender jihatlari hamda migratsiya muddatini davomiyligi boʻyicha tahlillar koʻrsatilgan. Shaxslararo munosabatning oilalar mustahkamligiga ta’siri koʻrsatilgan. Shaxslararo munosabatlarni toʻg‘ri yoʻlga qoʻyish boʻyicha psixologik taklif va tavsiyalar berilgan.

05-06-2023
  • PDF
74-83 12 22
O‘zbekiston oilalaridagi barqaror ijtimoiy hayotni ta’minlashda gender muammolarini o‘rganish hamda targ‘ib etish
Yulchiyeva Dildora Khabibullayevna

Maqolada yaqin yillarda oilalar barqarorligini ta’minlash uchun mamlakatimizda ayollar masalasining umumijtimoiy jihatlari, uning madaniy-ma’naviy xususiyatlarini hamda oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy, ma’rifiy-tashkiliy jihatdan o‘ziga xosligini har tomonlama o‘rganish dolzarb masalalardan biri ekanligi hamda qizlarni qadriyatlar tizimi bo‘yicha tarbiyalashda erkak va ayolning teng huquqliligi xususida so‘z boradi.

28-03-2022
  • PDF
22-26 17 17
Ilm-fandagi ayollar: cheklovlar va yangi imkoniyatlar.
Karimova Dildora Mirsabitovna, Alimjonova Dilbar Magribjanova

Maqolada gender tengligi masalalari Yangi O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlariga aylangani ta’kidlab o‘tilgan. Xotin-qizlarning mehnat bozorida, ilm-fan, biznes va siyosiy jarayonlardagi ulushi – respublikaning jahon miqyosidagi obro‘- e’tiboriga tobora ko‘proq ta’sir qila boshladi. Inson kapitali va ayollarning ilmiy tadqiqotlardagi ishtiroki mamlakat innovatsion rivojlanishning drayver kuchiga aylanishi mumkin. Ayollarni ilm-fanga jalb etishning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy omillarini o‘rganish kabilar maqola mualliflariga xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqotlarda faol ishtirok etishlari uchun mavjud cheklovlar va yangi imkoniyatlarni aniqlashga yordam berdi.

28-03-2022
  • PDF (Русский)
4-9 19 20
Oilaga kelinning moslashish jarayonini psixologik jihatdan tadqiq etish
Rahimova Matluba

Ushbu maqolada oilani psixologik jihatdan o‘rganish, turli yoshdagi qizlarning oilaga moslashish jarayonini o‘rganishda Osiyo, Janubiy Koreya, Rossiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa davlatlari olimlarining tadqiqotlari va turli yoshdagi xotin-qizlarning oilaga moslashuvi, oilaviy munosabatlarning rivojlantirilishi hamda oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda kelinning vazifalari yoritib berilgan. Oila-nikoh munosabatlari o‘zaro kuchli, samarali va mustahkam oilani tashkil etish, nikoh va oila hayotida yaxshi munosabatlarni rivojlantirishda muhimdir. Bu munosabatlar oila a’zolari o‘rtasidagi sevgi, hurmat va ehtiromni ta’minlash, muammolarni hamkorlikda hal qilishni o‘z ichiga oladi

07-04-2025
  • PDF
32-36 305 24
Ko‘p bolali oilalar submadaniyatida shaxslararo munosabatlarning psixologik predikatlari
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Ko‘p bolali oilalar muammolari bugungi kunda ham mahalliy, ham xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilayotgan muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Ko‘p bolali oilalar o‘ziga xos psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida ijtimoiy guruh ekanligini bois ko‘p bolali oila fenomeni jamiyat institutsionallashuvida muhim hisoblanib, oiladagi submadaniyatning o‘ziga xos jihatlari ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi

08-04-2025
  • PDF
56-62 319 23
1 - 14 from 14

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer