Mazkur maqolada talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasidagi mavjud ijtimoiy-axloqiy muammolarni hal etish bo‘yicha Turkiya Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritiladi. Davlat oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalari va xususiy oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga talaba-qizlarni joylashtirish tartibi, ichki tartib-intizomi, yotoqxonada yashash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari, qizlar uchun yotoqxonada yaratilgan sharoitlar ochib berilgan. Turkiyadagi ayrim qizlar yotoqxonasida talabalarning ijtimoiylashuvi va yotoqxona hayotiga moslashuvini o‘rganish maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy axloqiy muammolari bo‘lgan talabalar bilan ishlash borasida takliflar ilgari surilgan.