O‘zbekiston bugungi kunda dunyo hamjamiyati bilan tenglashish va umuminsoniy tendensiyalarga hamqadam bo‘lishni ixtiyor etgan ekan, xalqaro tajribani ham inobatga olmoqda. Ayollarni himoya qilish, ularning haq-huquqlari poymol bo‘lishining oldini olish masalasi har davrda ilm-ma’rifatli jamiyatning ustuvor maqsadi bo‘lgan. Ushbu maqolada mualliflar tomonidan Yevropa Ittifoqining Germaniya, Finlyandiya hamda Estoniya kabi davlatlarda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki uchrayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni reablitatsiya qilish markazlarining ish usuli hamda tajribasi haqida so‘z yuritiladi.