O‘zbekistonda bugungi kunda nizoli oilalarni aniqlash va oilaviy nizolarni bartaraf etish mexanizmlari takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi oilaviy nizolarning oldini olish tizimida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqotda huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi, ekspertlarning fikrlari va sotsiologik tadqiqot natijalari tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, malakali mutaxassislar yetishmasligi, madaniy stereotiplar (jamoatchilik befarqligi hamda salbiy gender stereotiplarini qo‘llabquvvatlashi), idoralararo muvofiqlashtirishdagi ba’zi kamchiliklar oilaviy nizolarni aniqlash va hal etish jarayonida ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani keltirilgan