Maqolada gender tengligi masalalari Yangi O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlariga aylangani ta’kidlab o‘tilgan. Xotin-qizlarning mehnat bozorida, ilm-fan, biznes va siyosiy jarayonlardagi ulushi – respublikaning jahon miqyosidagi obro‘- e’tiboriga tobora ko‘proq ta’sir qila boshladi. Inson kapitali va ayollarning ilmiy tadqiqotlardagi ishtiroki mamlakat innovatsion rivojlanishning drayver kuchiga aylanishi mumkin. Ayollarni ilm-fanga jalb etishning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy omillarini o‘rganish kabilar maqola mualliflariga xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqotlarda faol ishtirok etishlari uchun mavjud cheklovlar va yangi imkoniyatlarni aniqlashga yordam berdi.