Ushbu maqolada kreativlik fenomenini etimologik va nazariy jihatdan eksplikatsiya qilish, ya’ni izohlashga e’tibor qaratilgan. Kreativlik, fikrlash, kreativ fikrlash, kreativlikning o‘lchamlari, kreativ yondashuvlar, ijodkor shaxsning xususiyatlari, kreativlik haqida noto‘g‘ri qarashlar, kreativlikning o‘lchamlari yoritib berilgan.
Maqolada o‘quvchi yoshlarda kreativ fikrlashni shakllantirishning psixologik, pedagogik va ijtimoiy asoslari, uning tarixiy taraqqiyoti, amaliy ko‘rinishlari hamda zamonaviy jamiyat rivojlanishidagi o‘rni tahlil etiladi.
Mazkur maqolada yoshlarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirish va rivojlantirishning muhim jihatlari, ularga ta’sir qiluvchi omillar borasida fikr yuritiladi. Yoshlarda kreativ fikrlash tarzini qaror toptirishda faylasuflar va mutafakkirlarning qarashlari, bu borada oila va ta’lim muassasalarining hamkorligi xususidagi qarashlar ham bayon etilgan.
Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kreativ kompetentsiyalarni shakllantirishning nazariy tahlili muhokama qilinadi. Ta’lim muhitida ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradigan uslub va strategiyalarga alohida e’tibor qaratiladi. Muallif, shuningdek, bir-birini to‘ldiradigan va o‘zaro ta’sir qiluvchi turli xil o‘quv profillaridagi o‘qituvchilarning ijodiy kompetensiyasi muammosi bo‘yicha olimlar tadqiqotlaridagi kognitiv komponent, motivatsion komponent, faoliyat komponenti va aks ettiruvchi komponent kabilarni o‘rganadi