Mazkur maqolada yoshlarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirish va rivojlantirishning muhim jihatlari, ularga ta’sir qiluvchi omillar borasida fikr yuritiladi. Yoshlarda kreativ fikrlash tarzini qaror toptirishda faylasuflar va mutafakkirlarning qarashlari, bu borada oila va ta’lim muassasalarining hamkorligi xususidagi qarashlar ham bayon etilgan.
Ushbu maqolada kreativlik fenomenini etimologik va nazariy jihatdan eksplikatsiya qilish, ya’ni izohlashga e’tibor qaratilgan. Kreativlik, fikrlash, kreativ fikrlash, kreativlikning o‘lchamlari, kreativ yondashuvlar, ijodkor shaxsning xususiyatlari, kreativlik haqida noto‘g‘ri qarashlar, kreativlikning o‘lchamlari yoritib berilgan.