Sotsiologiyada keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan tushunchalardan biri – gender xorijiy davlatlarda ancha chuqur o‘rganilgan. Shu bilan birga, madaniy omillar ta’siri ostida gender munosabatlarning o‘ziga xosligi gender tushunchasining turlicha talqin qilinishga sabab bo‘lmoqda. Bunga ijtimoiy fanlarda ushbu tushunchani izohlashda maskulinlik va feminlik tushunchalariga yagona munosabatning shakllanmaganligi ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu xususiyatlarga ko‘ra, o‘zbek jamiyatida ham “gender” tushunchasi o‘ziga xos ahamiyat kasb etib, maqolada ushbu xususiyatlar zamonaviy sotsiologiyadagi yondashuvlar yordamida tahlil qilingan.