Maqolada Turkiston matbaachiligining shakllanishi, rivoji va milliy uygʻonish gʻoyalari bilan sugʻorilgan demokratik va gumanistik qarashlari hamda modernizatsiya jarayonini boshdan kechirayotgan oʻzbek matbuotining shakllanishida jadid matbuotining oʻrni va ahamiyati tahlil qilingan. Milliy istiqlol, ozodlik, hurfikrlilik, tenglik, adab va ilm-u ma’rifat, til va madaniyat sohalarini yuksaltirish uchun milliy matbuotni rivoj toptirish nechogʻli muhim masala ekani Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi prizmasida ochib berilgan. Zamonaviy dunyoning yangi manzarasida milliy mentalitetni asrash, urfodatlarga sodiqlik, vatanparvarlik va istiqlol fidoyilarini tarbiya qilishda gazeta, jurnal, kitob va boshqa ommaviy axborot vositalarining jahonshumul vazifasi, milliy matbuotning porloq tarixi va buyuk istiqboli, jahon madaniyatining bir qismiga aylangan noyob durdonalari ijtimoiy-falsafiy talqin etilgan.