Xizmatga moslashish deganda, biz yangi tayinlangan xodim, uning aqliy faoliyati va xulq-atvori mehnat muhiti qoidalari va talablariga muvofiq shaxsiy rivojlanishini nazarda tutuvchi professional muhit o‘rtasida faol va uyg‘un o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishni tushunamiz. Davlat xizmatiga xos bo‘lgan yuqori nevropsixik stress, ko‘p qirrali vazifalar hamda vaqt yetishmasligi xodimning moslashuvchan resurslariga yuqori talablarni qo‘yadi. Shu munosabat bilan, davlat xizmatlari xodimlari yangi avlodining psixologik xususiyatlarini o‘rganish davlat xizmatlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va saqlash, moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun ularning innovatsion fazilatlarini tushunish zarurati bilan belgilanadi. Xotin-qizlarning davlat xizmatlariga moslashishi ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni tadqiq etish bugungi kunda ayollarning faol “karyeraviy o‘sish” elementlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi