Ushbu maqolada mehnat motivatsiyasining gender xususiyatlari, ya’ni erkak va ayollarning mehnatga bo‘lgan ichki hamda tashqi rag‘batlaridagi farqlar tahlil qilinadi. Maqolada o‘rta yoshdagi ishchi va xizmatchilar o‘rtasida so‘rovnoma va kuzatuv metodlari orqali o‘tkazilgan tadqiqotimiz ma’lumotlari yig‘ilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ayollar uchun ijtimoiy barqarorlik, jamoaviy muhit va ma’naviy qadriyatlar muhim omil bo‘lsa, erkaklar uchun moddiy rag‘bat, karyera o‘sishi va mustaqillik yetakchi omillar sifatida namoyon bo‘lgan. Tadqiqot natijalari mehnat psixologiyasi va boshqaruv psixologiyasi sohasida qo‘llanilishi mumkin.