Ushbu maqolada oʻzbek migrant oilalarining shaxslararo munosabatlarni psixologik xususiyatlari yoritilgan. Maqolada migrant va migrant boʻlmagan oilalardagi shaxslararo munosabatlarni etnik va gender jihatlari hamda migratsiya muddatini davomiyligi boʻyicha tahlillar koʻrsatilgan. Shaxslararo munosabatning oilalar mustahkamligiga ta’siri koʻrsatilgan. Shaxslararo munosabatlarni toʻg‘ri yoʻlga qoʻyish boʻyicha psixologik taklif va tavsiyalar berilgan.
Maqolada migrant oilalarda qadriyatlarning transformatsiyasi va bu jarayonning ijtimoiy-psixologik moslashuvga ta’siri tahlil etiladi. Migratsiya jarayonida milliy qadriyatlar va yangi ijtimoiy-madaniy muhit qadriyatlari o‘rtasida yuzaga keladigan tafovutlar, avlodlararo munosabatlar va oilaviy psixologik muhitdagi o‘zgarishlar ilmiy manbalar asosida yoritiladi
Ushbu maqola migrant oilalaridagi er-xotinning o‘zaro emotsional munosabatlari xususiyatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning muammolari ochib beriladi. Maqolada migrant oilalar bo‘yicha tadqiqot olib borgan xorijlik olimlarning tadqiqot natijalari taqdim etilgan.