Mazkur maqola zamonaviy namunali oila modellari va mezonlarining tadqiqiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda namunali oila ta’rifi va mezonlari, oilaning kuchli taraflarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy nazariy qarashlar chuqur o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasida namunali oila mezonlarini aniqlash uchun aholi orasida so‘rov o‘tkazildi. So‘rov natijalari mamlakatimizda namunali oilalar turmush tarzida ma’naviy-axloqiy omillar ustunlik qilishini ko‘rsatdi. Oilalarda o‘zaro tushunish va hurmat, oilaviy an’analarga sadoqat, ota-ona va farzandlar o‘zaro ijobiy munosabati, oila a’zolari bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazishlari kabi mezonlar muhimligi aniqlandi.