Nutq hosil qilish va idrok etish mexanizmlari to‘g‘risidagi tasavvur “til hissi” muammosi bilan bog‘liq. Til hodisalari to‘g‘riligi bahosi til hissi funksiyasi sifatida ushbu hodisaning aloqalari va munosabatlarini, verbal aloqada nutqiy vaziyatda uning xususiyatlarini bilish natijasida amalga oshiriladi. Atrofdagilar bilan muloqotning asosiy usullari shakllanishida ushbu aloqalarning buzilishi namoyon bo‘ladi. Maqolada shu kabi masalalarning eksperimental tadqiqi natijalari bayon etiladi.