Ushbu maqolada pedagogik faoliyatning mohiyati va uning psixologik xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Pedagogik faoliyat jamiyatning ijtimoiy-ma’rifiy maqsadlarini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadigan kasbiy funksiyadir va ta’lim jarayonida ota-ona, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hamda ta’sirni o‘z ichiga oladi. Pedagogik faoliyat jamiyatning ijtimoiy maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga, bolalar va o‘smirlarning ma’naviy, bilimli, ijtimoiy faol fuqarolarga aylanishiga xizmat qiladi.