Mazkur maqolada milliy qadriyatlar negizida shakllanayotgan oilaviy murosa tamoyillarining jamiyat barqarorligi va ma’naviy uyg‘unlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil etilgan. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, an’analari hamda axloqiy qarashlari oilaviy totuvlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va sabr-toqatni mustahkamlovchi omil sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, maqolada zamonaviy globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni asrash, yoshlar ongiga murosa madaniyatini singdirish va oilaning ma’naviy immunitetini kuchaytirish zarurati ilmiy asosda yoritilgan. Natijada, milliy qadriyatlar oilaviy murosa tamoyillarining poydevori va ijtimoiy barqarorlik kafolati sifatida baholangan.