• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 25.
Farzand tarbiyasida ota-onaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Yakubov Odiljon Tolibjon oʻgʻli

Ushbu maqolada farzand tarbiyasida ota-onalarning asosiy vazifalari va funksiyalari haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, unda ota-onalar tomonidan milliy tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yishda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar yoritib berilgan. Bolalarni jamiyatning faol a’zosi sifatida tarbiyalash uchun ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ota-onaning shaxsiy namuna ko‘rsatishi zarurligi kabi muhim jixatlar asoslangan

03-04-2025
  • PDF
119-123 217 16
О‘smirlar tarbiyasida ota-onaning о‘rni
Norqulov Husniddin Dosbekovich

Maqola oilada farzand tarbiyasida ota-onaning roli, ya’ni oilada farzandni tarbiyalashda, avvalo, ota-onaning о‘zi tarbiyalangan hamda kuchli tarbiyaviy bilimlarni egallagan bо‘lishi kerakligi, farzand tarbiyalayotgan ota-onaning har bir harakati, yurish-turishi, muomalasi, boshqalar bilan о‘zaro munosabatda oliyjanob fazilatlarni namoyon eta olishi bilan farzandga namuna bо‘lishi kerakligi keltirilgan. Shuningdek, ota-onalarning bosh maqsadi о‘sib, voyaga yetayotgan farzandlarini har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda barkamol shaxs fazilatlarini singdirishdir.

10-06-2022
  • PDF
35-40 1 0
Hozirgi zamonaviy davrda farzand tarbiyasiga ota-onaning ta’siri
Eshtemirova Maftuna

Mazkur maqolada hozirgi davrda farzand tarbiyasiga ota-onaning ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Axborot texnologiyalarining ta’siri, emotsional aloqa, gender yondashuvi, sotsiologik muhit va xalqaro tarbiyaviy tajriba asosida ota-onaning farzand shaxsining shakllanishidagi roli ochib beriladi. Maktab, mahalla va oilaning hamkorlikdagi tarbiyaviy ta’siri, tarbiya uslublari va ularning samaradorligi tahlil qilinib, zamonaviy tarbiyaning dolzarb muammolarga ilmiy yondashuv asosida yechimlar taklif etilgan. Shuningdek, maqolada sotsiologik so‘rovlar asosida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi faol ishtiroki, muammolar va ularga qarshi kurashish vositalari muhokama etilgan.

15-08-2025
  • PDF
74-78 202 30
Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining tadqiq etilishi
Qoryog‘diyev Sherzod Shuxrat o‘g‘li

Ota-onalar infantilizmi fenomeni moliyaviy jihatdan bog‘liqlik, o‘z oilasini o‘zi boshqara olmaslik kabilarni o‘z ichiga olib, mamlakatning iqtisodiy va demografik vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ushbu fenomenning murakkab tabiati, sabablarning ko‘p qirraliligi va ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri tufayli tadqiqot mavzusi sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. Zamonaviy ijtimoiy sharoitlar, axborot oqimlarining kuchayishi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va inqirozlar yoshlarda qadriyatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Mazkur maqolada ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida tadqiq etilishi yuzasidan qiyosiy tahlillar bayon qilingan.

15-08-2025
  • PDF
85-90 87 23
Saraton kasalligiga chalingan bolalarning ota-onalarini ijtimoiy va psixologik moslashtirish jarayonlari
Asanova Go‘zal Muxaramovna

Mazkur maqola saraton kasalligiga chalingan bolalar ota-onalarining resotsializatsiyasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar tahliliga bag‘ishlangan. Jumladan, bolalarning saraton kasalligi ota-onalarining psixo-emotsional holati va ularning ijtimoiy moslashuviga ta’sirini ochib beradigan mavjud ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan.

02-07-2025
  • PDF (Русский)
122-127 56 27
Oilada bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlikning oldini olishning pedagogik choralari
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna

Bolalarni barkamol va yetuk shaxs sifatida kamolga yetkazish barcha davlatlar va jamiyatlarning muhim vazifalaridan biridir. Ushbu muhim vazifani bajarishda davlat ham, jamiyat ham oilalarning tarbiyaviy funksiyalari doirasidagi muvaffaqiyatli faoliyatiga tayanadi. Ota-onalar farzandlarini tarbiyalashda kuch ishlatish holatini tarbiyaning bir usuli sifatida qabul qilishi va bu bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik tushunchalari bilan qarama-qarshi ma’noda ifodalanishi ijtimoiy pedagogika oldiga chuqur o‘rganishlar olib borish zaruratini qo‘ymoqda. Ushbu maqolada bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlikning tarixiy jihatlari yoritilgan, bugungi kundagi huquqiy asosi bayon etilgan va ota-onalar tomonidan sodir etiladigan zo‘ravonliklarning oldini olish bo‘yicha pedagogik chora-tadbirlar taklif etilgan.

25-08-2025
  • PDF
112-117 142 26
Ota-onaning bolaga munosabati va bolaning hissiy-emotsional xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik
Otaxonova Sevaraxon Toʻlkinovna

Mazkur maqolada proyektiv va so‘rovnoma metodlari asosida ota-ona va farzand munosabatlari bilan bolaning emotsional-psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik jihatlari o‘rganilgan. Ota-ona va bolalarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqot natijalaridan misollar keltirilgan.

28-12-2021
  • PDF
122-130 0 0
Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitlariga muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashtirishda ota-onalar ishtiroki muhim omil
Shermanova Feruza Djumaboevna

Maqolada bolalarni bolalar bog‘chasiga moslashtirish jarayonida oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yangi shaklining mohiyati, tuzilishi va imkoniyatlari ochib berilgan.

28-12-2021
  • PDF
97-101 0 0
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik va uning oldini olish bo‘yicha ota-onalar uchun dasturlar
G‘ulomqodirov Eldorjon Axmadjon o‘g‘li

Oilaviy zo‘ravonlik muammosi jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini – oila instituti parchalanishining eng asosiy omillaridan biri. Ayniqsa, bolalarning oilaviy zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan xavfsiz muhitda voyaga yetishi ularning yorqin kelajak uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mas’uliyatli vazifaga esa, eng birinchi o‘rinda, ota-onalar javobgardir. Ushbu maqolada oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik hodisasi qisman nazariy yoritib berilib, uning oldini olish bo‘yicha ota-onalar uchun xalqaro dasturlar keltirib o‘tilgan.

15-08-2025
  • PDF
91-96 91 29
Bolalarni ijtimoiy moslashtirish jarayonida oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘zaro ta’sirining nazariy asoslari va maqsadlari
Zohidova Sanoat Rahmonovna

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashtirishning dolzarbligi, davlat buyurtmasiga muvofiq ushbu jarayonda oilaning o‘rni va imkoniyatlari ochib berilgan, mavjud ilmiy-pedagogik tadqiqotlar va muammoni hal qilish bo‘yicha tajriba tahlil qilingan. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi uchun ota-onalar tomonidan qo‘llabquvvatlashning maqbul usullari tadqiq etilgan

28-12-2021
  • PDF
40-44 0 0
Ko‘p bolali oilalardagi shaxslararo munosabatlarning psixologik predikatlari
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Ko‘p bolali oilalar muammolari bugungi kunda ham mahalliy, ham xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilayotgan muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Ko‘p bolali oilalar o‘ziga xos psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida ijtimoiy guruh ekanligi bois ko‘p bolali oila fenomeni jamiyat institutsionallashuvida muhim hisoblanib, oiladagi submadaniyatning o‘ziga xos jihatlari ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi.

02-07-2025
  • PDF
93-98 272 35
Ko‘p bolali oilalar submadaniyatida shaxslararo munosabatlarning psixologik predikatlari
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Ko‘p bolali oilalar muammolari bugungi kunda ham mahalliy, ham xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilayotgan muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Ko‘p bolali oilalar o‘ziga xos psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida ijtimoiy guruh ekanligini bois ko‘p bolali oila fenomeni jamiyat institutsionallashuvida muhim hisoblanib, oiladagi submadaniyatning o‘ziga xos jihatlari ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi

08-04-2025
  • PDF
56-62 253 15
Oilalar farovonligida ota-ona va inson qadr-qiymatining ahamiyati
Safoyeva Ra’no Jalolovna

Maqolada bugungi kunda oilalarimiz farovonligini ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratishimiz kerakligi, ota-ona tarbiyasi, milliy qadriyatlarimiz, ota-ona o‘gitida oilaning muqaddasligi, oilani asrab-avaylashning o‘ziga xosligini har tomonlama o‘rganish kabilar dolzarb ekani haqida to‘xtalib, o‘g‘il-qizlarni qadriyatlar tizimida tarbiyalash masalalari ochib berilgan.

10-10-2023
  • PDF
97-107 1 0
"Uy bekasi sindromi" psixologik muammo sifatida
Sharapova Dildora

Sharq oilalarida ko‘pchilik ayollar uy bekasi bo‘lib, ular ro‘zg‘or yumushlari, bolalar tarbiyasi, erlari va qaynona-qaynotalariga g‘amxo‘rlik qilish bilan band bo‘ladilar. Biroq har kuni bir xil ishlarni qayta-qayta bajarish bugungi globallashgan dunyoda ayollarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jamiyatda gender tengligini ta’minlash masalalarini hisobga olgan holda, ularni nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik jihatdan ham ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, ular o‘zlarining qiziqishlari va sevimli yumushlar bilan bog‘liq boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi orqali muammoni yengillashtirishga harakat qilishadi. Ammo bu ham uy bekalarining jamiyatdagi muammolarini hal qilish uchun ideal yechim bo‘lmasligi mumkin. Ushbu maqola uy bekalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, uy bekalarining psixologik muammolari va ularning yechimlarini o‘rganish, “uy bekasi sindromi”ni tashxislash va tuzatishning soddalashtirilgan usullarini tahlil qilishga bag‘ishlangan

07-04-2025
  • PDF (English)
57-67 221 14
Oilada gender taraqqiyotni rivojlantirishning farzand tarbiyasidagi muhim xususiyatlari: ijtimoiy-psixologik tahlil
Axmedova Manzura Asadovna

Mazkur maqola oiladagi gender tenglik muammolari, jinslar o‘rtasidagi tabiiy-biologik hamda uning ijtimoiy farqli jihatiga qaratilgan. Ijtimoiy tabaqalanishning asosiy tamoyillaridan biri sifatida erkak va ayol o‘rtasidagi dominant hamda bo‘ysunuvchi mutanosiblik to‘g‘risida ham so‘z yuritiladi. Shuningdek, yurtimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan bir qancha yuridik kuchga ega qonun hujjatlari joriy etilishi hamda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi tizimini takomillashtirish, har bir oilada ota-onalarning eng asosiy vazifasi bolalarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini, maylini tarbiyalashga erishishdan iborat ekani to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib o‘tilgan.

15-08-2025
  • PDF
69-73 148 29
Oilaviy dam olish tadbirlari voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish vositasi sifatida
Nazarova Ra’no Sidiq qizi

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi kelib chiqishida oiladagi o‘zaro munosabatlar, ota-ona va bolaning do‘stona aloqalari sustligi muhim sabablardan biridir. Ushbu maqolada oilaviy dam olish tadbirlari ana shunday munosabatlarni mustahkamlash vositalaridan biri sifatida ochib beriladi. Shuningdek, oilaviy dam olish tadbirlari notinch oilalar, xatar guruhidagi bolalar uchun tuzilgan reabilitatsion dasturning tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqiladi.

10-10-2023
  • PDF
81-84 1 0
Sifatli ta’limni ta’minlashda oila, maktab va jamoatchilik o'rtasidagi hamkorlik masalalari
Abduraxmonova Manzura Manafovna

Ushbu maqolada “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi”ning ta’lim tizimidagi ishtiroki, o‘quvchilarning muvaffaqiyatga erishishi uchun o‘qituvchilar va ota-onalar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ishlarga oid adabiyotlar tahlili berilgan. Shuningdek, maktab, oila va mahalla hamkorligi maktab ta’limining ko‘p qirrali tushunchasi ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada maktab, oila va jamiyat hamkorligi muhim o‘rin tutishi, milliy ta’lim islohotining muhim omillari yoritilgan. Maktab ijtimoiy ishlarda oila, maktab va jamiyat hamkorligini takomillashtirish maqsadida olimlarning “ijtimoiy ishchi” kasbi ahamiyati haqidagi fikrlari berilgan. Maktab ijtimoiy ishining an’anaviy roli oila, maktab va jamiyatning hamkorligini o‘z ichiga oladi, chunki maktab va jamiyat yoshlarning ta’lim, ijtimoiy va psixologik rivojlanish ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda ishlaydi. Maqolada, shuningdek, Finlyandiya va Shveysariya tajribasi ko‘rib chiqiladi, bu yerda 50 dan ortiq mamlakatlar maktab ta’limida “Oila – maktab – jamiyat” hamkorligini ta’minlash uchun maktablarda ijtimoiy ishlarni joriy qilgan.

28-12-2021
  • PDF (Русский)
114-121 0 0
Motor buzilishlari bo'lgan bolalarni erta reabilitatsiya qilish va ijtimoiylashtirish
Musayeva Mexribon Ikrom qizi

Ushbu maqolada bolalari amiotrofik skleroz, serebral falaj, orqa miya mushaklari atrofiyasi kabi kasalliklarga chalingan mutaxassislar va ota-onalar uchun muhim ma’lumotlar va amaliy maslahatlar jamlangan.

02-07-2025
  • PDF (Русский)
168-172 56 27
O‘smirlarda gender yondashuv asosida oilaviy-qadriyatli munosabatni shakllantirish
Yunusov Ulug‘bek Odiljonovich

Mazkur maqolada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender yondashuv asosida oilaviy qadriyatlarga nisbatan munosabatni shakllantirish masalasi yoritilgan. Unda gender tushunchasining mohiyati, ayol va erkak rollarining ijtimoiy jihatlariga ta’siri hamda ularning tarbiyaviy ahamiyati tahlil etilgan. Muallif oila institutining jamiyatdagi o‘rni, uning ma’naviyaxloqiy qadriyatlar tizimidagi ahamiyatini ochib beradi. Pedagogik nuqtayi nazardan, o‘quvchilarda oilaga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirishda gender tenglik, milliy an’analar va ma’naviy merosning uyg‘unligi asosiy mezon sifatida belgilangan. Shuningdek, maqolada o‘qituvchilar va ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishyo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan

26-10-2025
  • PDF
61-64 195 49
Oilaviy munosabatlarda destruktiv nizolar namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari
Ishonkulova Norbiye Islamovna

Ushbu maqolada bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo‘luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi ota-onalar, ularning turmush tarzi, bir-birlariga va farzandlarga nisbatan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari, oiladagi nizo va uning asosiy sabablari, oila a’zolarining o‘zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bayon etilgan

03-04-2025
  • PDF
68-72 216 14
Xalqaro baholash tadqiqotlari asosida oilaning ta’limiy funksiyasini rivojlantirishga qaratilgan tahlil va tavsiyalar
Matkarimov Akramjon Muxtorovich

O‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyati umumta’lim maktablaridagi o‘quv jarayoni, dasturlari, metodlari va o‘quv adabiyotlariga bog‘liq. Shuningdek, o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyati oilaning iqtisodiy-ijtimoiy holati, oiladagi ta’lim muhiti, ota-onaning ta’limga bo‘lgan munosabati va ijtimoiy-pedagogik omillariga asoslanadi. Maqolada mazkur ijtimoiypedagogik omillarga doir ilmiy tadqiqotlar tahlili keltirilgan.

02-07-2025
  • PDF
141-146 306 24
Alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarda gender xususiyatlarni inobatga olish orqali familistik dunyoqarashni shakllantirish
Saitova Muattar Ulug‘bek qizi

Ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarda familistik dunyoqarashning shakllanishida gender xususiyatlarining o‘rni haqida fikr yuritilgan bo‘lib, mazkur dunyoqarashning shakllanganlik darajasini tahlil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari bayon qilingan. Shuningdek, alohida yordamga muhtoj bolalarda familistik dunyoqarashni shakllantirishga oid tavsiyalar berilgan.

15-08-2025
  • PDF
107-111 135 20
Yosh oilalarda ijtimoiy munosabatlar: muammolar va ularning yechimi
Imomnazarov Hasan Ixtiyor o‘g‘li

Ushbu maqolada yosh oilalarda oilaviy munosabatlar, oila institutiga oid muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalar, oilaviy munosabatlarda kuzatiladigan muammolar va ularning yechimi oʻrganilgan. Shuningdek, yosh oilalarda rollarga moslashuv, ota-onalar bilan munosabatlarni shakllantirishning dolzarb masalalari hamda yosh oila a’zolarining farzand tarbiyasiga doir tartib, odob-axloq qoidalarni, muloqot va kelishuv madaniyatini rivojlantirish faoliyati tahlil etilgan

02-04-2025
  • PDF
9-14 283 17
O‘zbekistonda namunali oila portreti (tadqiqot natijalari)
Alimjanova Dilbar Magribjanovna, Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Ushbu maqolada aholi o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari bo‘yicha aholining zamonaviy namunali oila modelini shakllantirishda respondentlarning fikrlari o‘rganildi va namunali oila portreti shakllantirildi.

28-12-2021
  • PDF
59-62 0 0
Bolaga nisbatan zo‘ravonlik munosabatlarining shakllanish bosqichlari
Nazarova Ra’no Sidiq qizi

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati turli bosqichlarda o‘ziga xos tarzda shakllanib kelgan. Uning davomli tarzda sodir etilishi oilaviy munosabatlar va ota-onaning pedagogik kompetentligiga bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Maqolada bolalarga zo‘ravonlik munosabatining tarixiy bosqichlari ochib berilgan.

25-08-2025
  • PDF
130-133 133 28
1 - 25 from 25

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer