Maqolada O‘zbekiston psixolog olimlarining noto‘liq oilalardagi ijtimoiy munosabatlar, rollar taqsimoti, ayollarda namoyon bo‘luvchi aybdorlik hissi va shu kabi masalalarga oid ilmiy izlanishlari yoritilgan. Bundan tashqari, to‘liq va noto‘liq oilalarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari, ona shaxsining farzand ijtimoiy tasavvurlariga ta’siri, ona va bola munosabatlari, oilaviy zo‘ravonlik, oiladagi rollar taqsimoti hamda bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy psixologik mexanizmlari ilmiy tadqiq etilgan.
Ushbu maqolada kichik maktab yosh davri va yoshga doir psixologik xususiyatlar, kichik maktab yoshi shaxslararo munosabatlarida empatiyani shakllantirish va shaxslararo munosabatlarga empatiyaning ta’siri yoritilgan. Chet el psixologlarining kichik maktab yosh davri xususiyatlariga oid ilmiy qarashlari, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda empatiyaning rivojlanishidagi eng muhim bosqichlari, vazifalari yoritib berilgan.
Zamonaviy dunyoda ta’lim tizimi rivojlanishining joriy bosqichida bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’limning tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari, rivojlanishning maqsadli yo‘nalishlari va mazmuniga katta ahamiyat berilmoqda. Boshqaruv nazariyasi rivojlanishining har bir bosqichida olimlar, tadqiqotchilar va davlat tashkilotlari tomonidan inson kapitali, shaxsni shakllantirish, yosh avlodni demokratik tamoyillar asosida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Insondagi bu fazilatlarga uning hayotining istalgan bosqichida sifatli ta’lim-tarbiya olish orqaligina erishish mumkinligini tushunishimiz kerak. Ushbu ilmiy izlanishlar O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida ichki ta’lim sifatini oshirish uchun ta’lim dasturlarini takomillashtirish hamda ularni ichki va tashqi manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda doimiy ravishda rivojlantirib borish orqali xalqaro standartlarga moslashtirish va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga erishishga qaratilgan.
Ushbu maqolada kreativlik fenomenini etimologik va nazariy jihatdan eksplikatsiya qilish, ya’ni izohlashga e’tibor qaratilgan. Kreativlik, fikrlash, kreativ fikrlash, kreativlikning o‘lchamlari, kreativ yondashuvlar, ijodkor shaxsning xususiyatlari, kreativlik haqida noto‘g‘ri qarashlar, kreativlikning o‘lchamlari yoritib berilgan.
Mazkur maqolada hozirgi davrda farzand tarbiyasiga ota-onaning ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Axborot texnologiyalarining ta’siri, emotsional aloqa, gender yondashuvi, sotsiologik muhit va xalqaro tarbiyaviy tajriba asosida ota-onaning farzand shaxsining shakllanishidagi roli ochib beriladi. Maktab, mahalla va oilaning hamkorlikdagi tarbiyaviy ta’siri, tarbiya uslublari va ularning samaradorligi tahlil qilinib, zamonaviy tarbiyaning dolzarb muammolarga ilmiy yondashuv asosida yechimlar taklif etilgan. Shuningdek, maqolada sotsiologik so‘rovlar asosida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi faol ishtiroki, muammolar va ularga qarshi kurashish vositalari muhokama etilgan.
Maqolada oilada shaxsdagi stress va oʻziga nisbatan ishonchsizlik moddiy yetishmovchilik hissini yuzaga keltiruvchi psixologik omil ekani asoslangan bo‘lib, muammolarning asosiy sababchisi sifatida moddiy yetishmovchilik ko‘rsatilgan. Bu moddiy yetishmovchilik oiladagi shaxslarda uchraydigan stress va o‘ziga nisbatan ishonchsizlik kabi psixologik muammolarda aksini topishi hamda oiladagi nizolar, ota-onalar talabchanligi, hissiy qo‘llab-quvvatlash yetishmasligi, oiladagi iqtisodiy va ijtimoiy bosimlar oqibatida yuzga keluvchi omillar sanab o‘tilgan hamda bu omillarning shaxs rivojlanishiga ta’siri ko‘rsatilgan.
Mazkur maqola oiladagi sibling maqomi va sibling munosabatlarining shaxs shakllanishiga ta’siri, farzandlarning sibling maqomi va uning xarakter xususiyatidagi o‘rni yoritib berilgan. Oilada farzandlarning maqomi ularning kelajakdagi ijtimoiy hayotdagi o‘rniga ta’siri va shu ta’sir natijasida jamiyatda o‘rin topishi haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan. Bir oiladagi tug‘ishganlarning bir-birlaridan farq qilishlari, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, motivatsiyalari, faoliyati, muloqoti hamda xarakteriga sibling maqomi hayoti davomida katta ta’sir o‘tkazib keladi. O‘zbek oilalaridagi serfarzandlik farzandlar muloqotchanligini oshirish, faoliyatda jadal harakat qilish, o‘z qobiliyat va layoqatlarini ochiq-oydin namoyon etishda psixik taraqqiyotining juda yaxshi rivojlanishiga yordam beradi
Ilmiy maqolada Sharq allomalari asarlarida shaxs kommunikativ xulq-atvoriga oid qarashlarining tahlili to‘liq ochib berilgan. Bundan tashqari, shaxs xulq-atvoriga o‘qituvchi ta’siri, muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari, xulq-odob qoidalari va tushunchalari tahlil etilgan.