Ushbu maqolada oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish maqsadida tadqiqot natijalari izohlab berilgan. Hozirgi davrda oilaviy munosabatlarni musahkamlash va shaxslararo munosabatlarning yanada rivojlanishini ta’minlash uchun ham oilaga ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan psixologik xizmat davr talabi bo‘lib qolmoqda. Oilaga psixologik yordam va jamiyatdagi har
qanday tizimga, uning psixologik muammolariga, o‘zini kompetentligi darajasida saqlab qolish, ko‘maklashish, quvvatlash hisoblanadi. Bundan asosiy maqsad oilaga tayyorgarlik darajasini aniqlash bilan bir qatorda, oilalarda ajrimlarga sabab bo‘luvchi salbiy omillarni aniqlash va ularga psixologik yordam ko‘rsatish maqolada asosiy va dolzarb mavzu ekanligi izohlagan.