Maqolada psixosomatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda uchraydigan emotsional holat buzilishlari, ularning kasallikning og‘ir kechishi va salbiy oqibatlarga olib kelishidagi roli, jins tafovutlari o‘rganilgan. Ta’kidlanadiki, psixosomatik kasalliklar ko‘pincha emotsional holat buzilishlari bilan niqoblanishi va aksincha mazkur kasalliklarda emotsional soha buzilishlari kasallikning batamom tuzalib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Mazkur holatlar psixosomatik kasalliklar klinikasida psixologik yordamni tashkil etish va barcha psixoprofilaktik hamda korreksion tadbirlarni yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.