XX asrda O‘zbekistonning sanoatlashuvi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ushbu maqolada sanoat rivojlanishining oilaviy mehnat munosabatlariga ko‘rsatgan ta’siri tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Sanoatlashuv jarayonida erkak va ayol mehnatining o‘zaro taqsimoti, oiladagi iqtisodiy rollarning o‘zgarishi, urbanizatsiya va ijtimoiy siyosatning oilaviy hayotga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston jamiyatida mehnat madaniyati va gender rollarining shakllanishida sanoatlashuvning muhim omil bo‘lganini ko‘rsatadi.