Ushbu maqolada pedagogika tarixida xotin-qizlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati haqida ilmiy asosga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan va tahlil qilingan. Bugungi kunda talabalarga o‘tmishda har bir sohada faol, jasoratli ajdodlari borligini faxr va g‘urur tuyg‘usiga aylantirish bugungi kun pedagoglari oldida turgan eng muhim vazifadir. Shu jihatdan maqolada o‘tmishdagi ayollarning jamiyatdagi mavqeyi va ta’lim-tarbiya jarayonidagi roli haqida ma’lumotlar ilmiy asoslangan holda keltirib berilgan.