Ushbu maqolada Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston ASSR), Xorazm Xalq Sovet Sotsialistik Respublikasi (XXSR) va O‘zbekiston SSRda xotin-qizlarning mahalliy boshqaruv idoralaridagi faoliyati tarixiy manabalarga tayangan holda o‘rganilgan.
Maqola Sovet davrida O‘zbekiston ayollarining ijtimoiy va siyosiy hayotdagi faoliyatini tahlil qiladi. “Hujum” siyosati, ayollarning mehnat, ta’lim va siyosiy ishtiroki, shuningdek, milliy qadriyatlar bilan yuzga kelgan ziddiyatlar yoritiladi. Tadqiqot sovet modernizatsiyasining ayollarning jamiyatdagi mavqeyiga ta’sirini ko‘rsatadi.