• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 38.
Oilaviy qadriyatlar va ularni harakatlantiruvchi determinantlar tasnifi
Toshmurodov Mirolim Ismoil o‘g‘li

Ushbu maqolada oilaviy qadriyatlarning mazmun-mohiyati hamda ularni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi determinantlar tahlil qilingan. Oilaviy qadriyatlar jamiyat barqarorligining asosiy omillaridan biri bo‘lib, ular avloddan avlodga o‘tuvchi an’ana, urf-odat va ma’naviy meros sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada oilaviy qadriyatlarni harakatlantiruvchi determinantlar biologik, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va madaniy omillar nuqtayi nazaridan tasniflanadi. Har bir determinant oilaning mustahkamligi va davomiyligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, xususan, globallashuv, migratsiya, texnologik taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlarning oilaviy qadriyatlarga ta’siri muhokama qilinadi. Tadqiqot natijasida oilaviy qadriyatlarning saqlanishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan omillar aniqlanib, ularning barqarorligini ta’minlash yo‘llari taklif etilgan. Mazkur ish oilaviy qadriyatlar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi mutaxassislar va keng jamoatchilik uchun foydali ma’lumot manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

01-07-2025
  • PDF
82-87 329 41
Oilalar mustahkamligini ta’minlashda moddiy qadriyatlarning ahamiyati
Norqulov Husniddin Do‘sbekovich, Nurmonova Zebo

Maqolada moddiy qadriyatlar tushunchasi, oilada milliy va umuminsoniy qadriyatlar muvozanati, oilaviy farovonlik, moddiy qadriyatlarning farzandlar tarbiyasi hamda oilalar mustahkamligida tutgan o‘rni tahlil qilingan.

07-07-2025
  • PDF
19-23 266 30
Milliy qadriyatlarga asoslangan oilaviy murosa tamoyillarining ahamiyati
Toshmurodov Mirolim Ismoil o‘g‘li

Mazkur maqolada milliy qadriyatlar negizida shakllanayotgan oilaviy murosa tamoyillarining jamiyat barqarorligi va ma’naviy uyg‘unlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil etilgan. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, an’analari hamda axloqiy qarashlari oilaviy totuvlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va sabr-toqatni mustahkamlovchi omil sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, maqolada zamonaviy globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni asrash, yoshlar ongiga murosa madaniyatini singdirish va oilaning ma’naviy immunitetini kuchaytirish zarurati ilmiy asosda yoritilgan. Natijada, milliy qadriyatlar oilaviy murosa tamoyillarining poydevori va ijtimoiy barqarorlik kafolati sifatida baholangan.

06-01-2026
  • PDF
19-24 10 5
Migrant oilalarda qadriyatlar o‘zgarishining ijtimoiy-psixologik moslashuvga ta’siri
Umarova Shohida Absalomovna

Maqolada migrant oilalarda qadriyatlarning transformatsiyasi va bu jarayonning ijtimoiy-psixologik moslashuvga ta’siri tahlil etiladi. Migratsiya jarayonida milliy qadriyatlar va yangi ijtimoiy-madaniy muhit qadriyatlari o‘rtasida yuzaga keladigan tafovutlar, avlodlararo munosabatlar va oilaviy psixologik muhitdagi o‘zgarishlar ilmiy manbalar asosida yoritiladi

26-10-2025
  • PDF
72-75 99 37
Migratsiya va qadriyatlar to‘qnashuvi ijtimoiy-psixologik muammo sifatida
Abdusamatov Xasanboy

Ushbu maqolada zamonaviy migratsiya jarayonida qadriyatlar to‘qnashuvining psixologik muammolari keltirilgan. Yangi ijtimoiy muhitga moslashish, integratsiyalash va uning usullari haqida yoritilgan. Xorijiy olimlar tomonidan qadriyatlar va migratsiya jarayonini tadqiq etilganligi yozilgan. Migratsiya jarayonida qadriyatlarni saqlab qolish bo‘yicha psixologik tavsiyalar berilgan.

30-09-2022
  • PDF
20-23 21 23
Zamonaviy tadqiqotlarda oilada milliy-maʼnaviy va zamonaviy qadriyatlar shakllanishining sotsiopsixologik tendensiyalari
Maxamatkarimov Muzaffar Abdukarim oʻgʻli

Ushbu maqolada milliy-ma’naviy hamda zamonaviy qadriyatlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik va ularning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni tahlil qilinadi. Milliy an’analar, urf-odatlar, ma’naviy meros va milliy oʻzlikni saqlagan holda globallashuv jarayonida shakllanayotgan zamonaviy qadriyatlar bilan uygʻunlashuv tendensiyalari yoritiladi. Shuningdek, jahon miqyosida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bir necha davlatlar misolida yoritiladi.

06-01-2026
  • PDF
39-43 10 5
Qadriyatlarning o‘zgarishi va yosh oilalar barqarorligi o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik
Inagamova Feruza Xurshitovna

Qadriyatlar transformatsiyasi bu jamiyat, uning tarkibidagi turli ijtimoiy birliklar, guruhlardagi yoki alohida bir insondagi mavjud qadriyatlar tizimining tub va tizimli ravishda o‘zgarishi bilan bog‘liq fenomenal jarayon hisoblanadi. Qadriyatlar tizimidagi transformatsion o‘zgarishlar birdaniga sodir bo‘lmaydi, ma’lum bir qadriyatlarning o‘zgarishi, yangicha mohiyat kasb etishi uchun bir necha yillardan bir necha o‘n yillargacha vaqt o‘tishi talab etiladi. Ushbu maqolada ham ana shu masalalar tahlilga tortiladi.

07-07-2025
  • PDF
29-33 305 35
Turli avlod vakillarining nikohga kirishish xususiyatlari hamda ayollardagi oila va kasbiy majburiyatlarning uyg‘unligi
Dalimova Nilufar

Hozirgi kunda oilaviy qadriyatlarni o‘rganish juda muhim masala hisoblanadi. Chunki oilalar mustahkamligini ta’minlashda, oilaviy ajralishlarning oldini olishda hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratishda oilaviy qadriyatlarning, an’analarning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Mazkur maqola ham oilalardagi qadriyatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ushbu muammo doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan.

28-03-2022
  • PDF
10-14 26 20
Xotin-qizlar hayotiy maqsad va qadriyatlarining psixologik omillari
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada xotin-qizlar hayoti bilan bog‘liq ehtiyojlar, maqsad va qadriyatlarning o‘zgarish tendensiyasi, ularga psixologik omillar ta’siri, qadriyatlar tuzilmasida jamoaviy hamda shaxsning individual qadriyatlari o‘rtasidagi dominantlik masalalari ochib berilgan.

25-12-2022
  • PDF
56-63 35 3
Oila madaniy qadriyatlarining shaxs kamolotida tutgan o‘rni
Muxamedjonova Lalixon Ashuraliyevna

Maqolada oilaning axloqiy qadriyatlarini avlodlarga yetkazish asosiy omil ekanligi, oilaning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy munosabatlarni shakllantirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan huquqiy asoslarni ochib berishga harakat qilingan.

10-06-2022
  • PDF
41-48 21 21
Oilalarda ma’naviy qadriyatlar vositasida xotin-qizlar faolligini takomillashtirishning innovatson usullari
Abduraximova Farida Yuldashevna

Maqolada oilalarda ma’naviy muhitni yaxshilashda oilaviy qadriyatlar, diniy va dunyoviy an’analar, rasmrusumlarning ahamiyati yoritilgan. Xotin-qizlarning bilimli, ma’naviyatli, fidoyi, shijoatli va tashabbuskor bo‘lishi masalalari borasidagi fikrlar bayon qilingan

01-07-2025
  • PDF
73-76 340 34
Yangi ma’naviy makon qiyofasi rivojida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi
To‘xtayev Hakim Primovich

Maqolada Yangi O‘zbekistonda bunyod etilayotgan yangi ma’naviy makon qiyofasining milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan aloqadorligi, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi islohotlarining jadallashuvi, ma’naviy-ma’rfiy sohasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar berilgan.

10-10-2023
  • PDF
40-46 20 19
O‘smirlarda gender yondashuv asosida oilaviy-qadriyatli munosabatni shakllantirish
Yunusov Ulug‘bek Odiljonovich

Mazkur maqolada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender yondashuv asosida oilaviy qadriyatlarga nisbatan munosabatni shakllantirish masalasi yoritilgan. Unda gender tushunchasining mohiyati, ayol va erkak rollarining ijtimoiy jihatlariga ta’siri hamda ularning tarbiyaviy ahamiyati tahlil etilgan. Muallif oila institutining jamiyatdagi o‘rni, uning ma’naviyaxloqiy qadriyatlar tizimidagi ahamiyatini ochib beradi. Pedagogik nuqtayi nazardan, o‘quvchilarda oilaga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirishda gender tenglik, milliy an’analar va ma’naviy merosning uyg‘unligi asosiy mezon sifatida belgilangan. Shuningdek, maqolada o‘qituvchilar va ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishyo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan

26-10-2025
  • PDF
61-64 277 60
Mehnat motivatsiyasining gender xususiyatlari
Xusanov Samariddin Maxmadaminovich

Ushbu maqolada mehnat motivatsiyasining gender xususiyatlari, ya’ni erkak va ayollarning mehnatga bo‘lgan ichki hamda tashqi rag‘batlaridagi farqlar tahlil qilinadi. Maqolada o‘rta yoshdagi ishchi va xizmatchilar o‘rtasida so‘rovnoma va kuzatuv metodlari orqali o‘tkazilgan tadqiqotimiz ma’lumotlari yig‘ilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ayollar uchun ijtimoiy barqarorlik, jamoaviy muhit va ma’naviy qadriyatlar muhim omil bo‘lsa, erkaklar uchun moddiy rag‘bat, karyera o‘sishi va mustaqillik yetakchi omillar sifatida namoyon bo‘lgan. Tadqiqot natijalari mehnat psixologiyasi va boshqaruv psixologiyasi sohasida qo‘llanilishi mumkin.

06-01-2026
  • PDF
35-38 7 6
Oilalar farovonligida ota-ona va inson qadr-qiymatining ahamiyati
Safoyeva Ra’no Jalolovna

Maqolada bugungi kunda oilalarimiz farovonligini ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratishimiz kerakligi, ota-ona tarbiyasi, milliy qadriyatlarimiz, ota-ona o‘gitida oilaning muqaddasligi, oilani asrab-avaylashning o‘ziga xosligini har tomonlama o‘rganish kabilar dolzarb ekani haqida to‘xtalib, o‘g‘il-qizlarni qadriyatlar tizimida tarbiyalash masalalari ochib berilgan.

10-10-2023
  • PDF
97-107 21 24
Sharq mutafakkirlari ta’limotida oila va nikoh masalalari
Zaretdinova Nesibeli Kurbanbayevna

Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining oila va uning qadriyatlari haqidagi nazariy ma’lumotlari berilgan. Sharqda oilaviy tarbiya masalasi, er va xotinning oiladagi vazifalari, oila mustahkamligida ayollarning o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Qiz farzand tarbiyasida alohida ahamiyat kasb etuvchi axloqiy tarbiya haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan. Oilada ayollarning xususiyatlarini ajratib ko‘rsatib berilgan.

15-08-2025
  • PDF
50-54 245 37
Yapon xalqida tarbiyaning pedagogik asoslari
Mirhamidova Malika

Mazkur maqolada yapon xalqi ta’lim va tarbiya tizimining pedagogik asoslari borasida fikr yuritilib, unda kunchiqar davlatning dunyo ta’lim standarti uchun namuna bo‘la oladigan ta’lim jarayoniga oid davlat siyosati borasidagi qarorlar va farmonlar haqida ham mushohada yuritiladi. O‘z tarixida ta’lim tizimidagi islohotlar evaziga yuqori taraqqiyotga erishgan mamlakatlar tajribasini o‘rganish bugungi kunda mamlakatimiz ta’limida kechayotgan o‘zgarishlarni teranroq tushunishga yordam beradi. Bizning Yaponiya tajribasiga murojaat qilishimizning boisi yapon millatining urf-odatlari, milliy qadriyatlari, oilaviy munosabatlari xalqimiz qadriyatlariga yaqinligidir

16-04-2025
  • PDF
104-108 295 32
Akkulturatsiya jarayonida talaba yoshlarda qadriyatlar tizimining etnopsixologik oʻziga xosligi masalalari
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Oʻtgan oʻn yilliklarda etnik oʻziga xoslik muammolari boʻyicha olib borilgan intensiv tadqiqotlar natijasida psixologiyada nazariy va amaliy butunlay yangi yoʻnalish paydo boʻldi. Oʻziga xoslikning shakllanishi va rivojlanishining xususiyatlari, uning funksiyalari, tuzilishi hamda oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan elementlarini hisobga oladigan yondashuvlarni ajratib koʻrsatish mumkin. Yuqorida keltirilgan omillar hozirgi kun yoshlarini milliy madaniyat va qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash kabi ustuvor vazifalarni jamoatchilik oldiga qoʻymoqda. Maqolada akkulturatsiya jarayoni psixologik va ijtimoiy jihatdan tahlil qilinib, talaba yoshlarning qadriyatlar tizimining oʻziga xos etnopsixologik xususiyatlari doirasida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari havola etiladi.

05-04-2023
  • PDF
55-61 17 21
Yangi taraqqiyot bosqichida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy negizlarini shakllantirish
Dovranova Oysulton Dovrankulovna

Maqolada yangi taraqqiyot bosqichida O‘zbekistonda oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslarini shakllantirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Oila va nikoh instituti rivojlanishining asosiy tendensiyalari, demografik jarayonlar tahlil qilinadi va oilaviy qadriyatlar institutini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatiga alohida e’tibor qaratiladi. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari, ularni takomillashtirish muammolari va istiqbollari ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekistonda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada rivojlantirish zarurligi to‘g‘risida xulosalar chiqariladi

14-04-2025
  • PDF
53-57 267 31
Bolalarda “men” konsepsiyasining rivojlanishida oilaviy qadriyatlarning o‘rni
Shamsiyev O‘ktam Baxriddinovich

Maqolada ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasidan kelib chiqadigan shaxsning ijtimoiy tasavvurlari tizimida bolaning o‘zi va o‘z fazilatlari to‘g‘risidagi tasavvurlari, eng avvalo, jamiyatda tutajak o‘rni va maqomini belgilovchi muhim mexanizm ekanligi, uning mazmuni shaxsning nafaqat o‘ziga, balki o‘zga shaxslarga bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlari hamda ijtimoiy xulqining asosi hisoblanishi haqida so‘z yuritiladi. Bunda qanday ijtimoiy omillar va guruhlarning yetakchi rol o‘ynashi ilm-fan nuqtayi nazaridan muhim ekani asoslangan.

05-06-2023
  • PDF
9-14 12 20
Oilalar farovonligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishda ayollar uy xizmati migratsiyasining o‘rni
Rabiyev Bobomurod Bahadirovich

Xorijga uy xizmati faoliyatini amalga oshirish maqsadida ketayotgan ayollar, asosan, oilalarning daromadini oshirish, farzandlar ta’limi va sog‘ligiga mablag‘ yo‘naltirish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashda muhim iqtisodiy manba sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ayollar migratsiyasi oilaviy munosabatlar, ijtimoiy qadriyatlar va gender rollariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada ayollarning migratsion faoliyati kambag‘allikni qisqartirishdagi ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, ijtimoiy muammolar: oilaviy ajralishlar, farzandlar tarbiyasidagi qiyinchiliklar va psixologik bosim kabi salbiy oqibatlari ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari ayollarning uy xizmati migratsiyasini samarali boshqarish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi

26-10-2025
  • PDF
22-27 91 30
Baynalmilal oilalarda voyaga yetayotgan o‘smirlarda etnik identiklik shakllanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari
Abduraxmanova Zuxra Erkinovna

Hozirda millatlararo nikoh asosida vujudga kelayotgan oilalardagi farzandlarning umumiy turmush sharoitiga ham e’tibor qaratilmoqda. Bunday oilalarda voyaga yetayotgan farzandlarning oiladagi nizolarning yuqori darajasi, madaniy qadriyatlardagi farqlar va muammoli ota-onalik tufayli stress omillariga duchor bo‘lishi ularning qarashlarini o‘zgartirmoqda. Ko‘pmillatli oilalarda etnik-ijtimoiy va etnodemografik jarayonlar boshqa miqyosda sodir bo‘ladi hamda psixologik omilning sezilarli ta’siri bilan amalga oshiriladi, chunki etnik guruhlarning vakillari haqiqiy odamlar. Ko‘pmillatli oilalarda etnikmadaniy o‘ziga xoslik namoyon bo‘lishining ko‘plab ehtimoliy kombinatsiyalari mavjud bo‘lib, ular qaysi etnik guruhlar nikohda birlashganligiga, mahalliy etnik o‘zaro munosabatlarning tabiati hamda oilaning yashash joyidagi umumiy etnik vaziyatiga bog‘liq. Maqolada ushbu masala yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi.

07-07-2025
  • PDF
34-41 262 34
Xotin-qizlarning hayotiy va oilaviy strategiyalari bo‘yicha Rossiya tajribasi
Ermatov Shuhrat Teshaboyevich

Tadqiqot “ayolning hayotiy strategiyalari uning shaxsiyatini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va mazmunli hayot yo‘nalishlari va hayot qadriyatlarini o‘z ichiga olgan hayotiy dunyoni qurishga hissa qo‘shadi” degan konsepsiyaga asoslanadi. Ushbu mqolada ayollarning turmushga, farzandlarga, kasbiy faoliyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga munosabati uch bosqichli yosh guruhida tahlil qilingan.

10-10-2023
  • PDF
97-107 2 2
Qadriyatlar yoshlarni iqtisodiy ijtimoiylashtiruvchi muhim omil sifatida
Umarova Navbahor Shokirovna

Maqolada yoshlarning iqtisodiy ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi omillar hamda ularning iqtisodiy munosabatlarda natija, jarayon, egoizm va altruizmga nisbatan yo‘nalganligi bayon etilgan.

28-03-2022
  • PDF
59-64 19 20
Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining tadqiq etilishi
Qoryog‘diyev Sherzod Shuxrat o‘g‘li

Ota-onalar infantilizmi fenomeni moliyaviy jihatdan bog‘liqlik, o‘z oilasini o‘zi boshqara olmaslik kabilarni o‘z ichiga olib, mamlakatning iqtisodiy va demografik vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ushbu fenomenning murakkab tabiati, sabablarning ko‘p qirraliligi va ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri tufayli tadqiqot mavzusi sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. Zamonaviy ijtimoiy sharoitlar, axborot oqimlarining kuchayishi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va inqirozlar yoshlarda qadriyatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Mazkur maqolada ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida tadqiq etilishi yuzasidan qiyosiy tahlillar bayon qilingan.

15-08-2025
  • PDF
85-90 107 35
1 - 25 from 38 1 2 > >> 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer