• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 101.
Ilm-fandagi ayollar: cheklovlar va yangi imkoniyatlar.
Karimova Dildora Mirsabitovna, Alimjonova Dilbar Magribjanova

Maqolada gender tengligi masalalari Yangi O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlariga aylangani ta’kidlab o‘tilgan. Xotin-qizlarning mehnat bozorida, ilm-fan, biznes va siyosiy jarayonlardagi ulushi – respublikaning jahon miqyosidagi obro‘- e’tiboriga tobora ko‘proq ta’sir qila boshladi. Inson kapitali va ayollarning ilmiy tadqiqotlardagi ishtiroki mamlakat innovatsion rivojlanishning drayver kuchiga aylanishi mumkin. Ayollarni ilm-fanga jalb etishning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy omillarini o‘rganish kabilar maqola mualliflariga xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqotlarda faol ishtirok etishlari uchun mavjud cheklovlar va yangi imkoniyatlarni aniqlashga yordam berdi.

28-03-2022
  • PDF (Русский)
4-9 0 0
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik: uning oqibatlari va oldini olish mexanizmlari
Sodiqov Furqat

Mazkur maqolada xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning dunyo miqyosidagi holati, ushbu muammoning oqibatlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari hamda boshqa manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishning “RESPECT” strategiyasi hamda Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi ayrim mexanizmlar yoritib berilgan.

10-06-2022
  • PDF
67-74 0 0
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar va reablitatsiya markazlari bo‘yicha xalqaro tajriba
Egamberdiyeva N.M., Yunusov U.O.

O‘zbekiston bugungi kunda dunyo hamjamiyati bilan tenglashish va umuminsoniy tendensiyalarga hamqadam bo‘lishni ixtiyor etgan ekan, xalqaro tajribani ham inobatga olmoqda. Ayollarni himoya qilish, ularning haq-huquqlari poymol bo‘lishining oldini olish masalasi har davrda ilm-ma’rifatli jamiyatning ustuvor maqsadi bo‘lgan. Ushbu maqolada mualliflar tomonidan Yevropa Ittifoqining Germaniya, Finlyandiya hamda Estoniya kabi davlatlarda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki uchrayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni reablitatsiya qilish markazlarining ish usuli hamda tajribasi haqida so‘z yuritiladi.

10-10-2023
  • PDF
4-10 0 0
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha xorijiy tajriba
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Mazkur maqolada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar bilan ishlash, ularning ijtimoiy reabilitatsiyasi bilan bog‘liq muammolarga global nuqtayi nazardan yondashilgan. Jumladan, xotin-qizlarning oilaviy-maishiy zo‘ravonlikka uchragan ayollarni moslashtirish bo‘yicha Kanada, Shvetsiya, Qozog‘iston mamlakatlarining tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan.

28-03-2022
  • PDF
71-76 0 0
O‘zbekiston mahalliy boshqaruv idoralari faoliyatida xotin-qizlarning o‘rni (tarixiy tahlil)
Sodiqov Furqat

Ushbu maqolada Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston ASSR), Xorazm Xalq Sovet Sotsialistik Respublikasi (XXSR) va O‘zbekiston SSRda xotin-qizlarning mahalliy boshqaruv idoralaridagi faoliyati tarixiy manabalarga tayangan holda o‘rganilgan.

05-06-2023
  • PDF
26-29 0 0
Gender tengligini ta’minlashda psixologik yondashuvning muhim omillari
Akbarova Zarnigor Akbarjon qizi

Bugungi globallashuv jarayonida xotin-qizlarning o‘rni va roli har qachongidan-da muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va islohotlarning asosiy mazmuni ham xotin-qizlarning yangi g‘oya va tashabbuslar bilan chiqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta’minlash, ularning oila va jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash, qolaversa, turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilmoqda. Maqolada zo‘ravonlikka uchragan ayollar soni aniqlanib, atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar o‘rganilgan, xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

05-04-2023
  • PDF
101-106 0 0
Xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi faoliyati mazmuni va tahlil
Komilova Xurshida Toxirovna

Maqolada ilm-fanning turli sohalarida xotin-qizlarning ta’lim olishi va ularning ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi atroflicha o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning sotsial qiyofasiga xos xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari yoritilgan

07-04-2025
  • PDF
96-101 180 12
Oilaviy hayotdagi zo‘ravonlikning sotsiologik tahlili
Panjizoda Hurriyatxon Ziyod qizi Zoxiriy

Maqolada oiladagi zo‘ravonlik muammosi, uning sabablari, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi hamda xorijiy tajriba o‘rganilgan.

05-06-2023
  • PDF
59-63 0 0
Rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish zaruriyati
Xaydarova Javohira Akbarovna

Ushbu maqolada rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning ahamiyati, dolzarbligi va nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilingan. Bugungi global iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarda rahbar ayollar hissasini oshirish, ularning professional va shaxsiy salohiyatini yuksaltirish muhim vazifa sifatida qaralmoqda. Maqolada ayol rahbarlarning boshqaruv sohasidagi asosiy qobiliyat va koʻnikmalari, xususan strategik fikrlash, qaror qabul qilish, jamoa boshqaruvi, innovatsion yondashuvlar va masofaviy ish sharoitida rahbarlik qilish kompetensiyalari oʻrganilgan. Shuningdek, gender tengligi tamoyillari
va uni ish joyida amalga oshirish yoʻnalishlari tahlil qilingan. Rahbar ayollarning boshqaruv sohasidagi faoliyatiga ijobiy ta’sir
koʻrsatadigan innovatsion yondashuvlar hamda amaliy mexanizmlar boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.

01-07-2025
  • PDF
4-11 260 32
Ekologik omillarning gender tengligiga ta’siri
Abdiraimova Shaxnoza Abdugappar qizi

Ushbu maqolada ekologik omillarning gender tengligidagi ahamiyati, ayollarga ekologik omillar ta’siri, ekologik muammolar hamda O‘zbekistonda ba’zi ekologik sohalarida ayollarning ulushi tahlil qilingan.

05-06-2023
  • PDF
116-120 0 0
Ayollarda aybdorlik hissi vujudga kelishining sabablari
Sultanova Saida Muxiddin qizi

Mazkur maqolada ayollarda aybdorlik hissining paydo bo‘lish sabablari nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Aybdorlik hissini keltirib chiqaruvchi asosiy omillar hamda uning ayollarning psixologik holatiga ta’siriga doir ilmiy nazariyalar muhokama qilinadi. Ushbu tahlillar aybdorlik hissi muammosiga oid tadqiqotlar uchun nazariy asos yaratishga xizmat qiladi.

02-07-2025
  • PDF
110-114 284 23
Gender tengligi va gender statistikasi: Moldova tajribasi
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Maqolada inson huquqlarining ajralmas qismi bo‘lgan gender tengligining ijtimoiy-huquqiy jihatlari, gender tengligiga erishishda uchrayotgan muammolar, bu borada olib borilayotgan ishlar, gender tahlili, statistikasi borasida Moldova tajribasi tahlil qilinadi.

05-06-2023
  • PDF
30-34 0 1
Gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish mexanizmlari
Yaxyoyeva Sojida Abdurahimovna

Mazkur maqolada gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish mexanizmlari, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish masalasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qaror qabul qilish bilan bog‘liq barcha darajalarda ayollar to‘liq va samarali ishtirok etishi hamda yetakchilik qilishi uchun teng imkoniyat yaratilayotgani misollar orqali asoslab berilgan.

07-07-2025
  • PDF
24-28 209 24
Jamiyatda va oilada xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda xalqaro standartlarning roli
Yulchiyeva Dildora Xabibullayevna

Bugungi kunda O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda xalqaro tajribalar va standartlar asosida ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda tajribalarni tahlil qilish hamda kerakli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.

05-04-2023
  • PDF
16-20 0 0
Oilada gender taraqqiyotni rivojlantirishning farzand tarbiyasidagi muhim xususiyatlari: ijtimoiy-psixologik tahlil
Axmedova Manzura Asadovna

Mazkur maqola oiladagi gender tenglik muammolari, jinslar o‘rtasidagi tabiiy-biologik hamda uning ijtimoiy farqli jihatiga qaratilgan. Ijtimoiy tabaqalanishning asosiy tamoyillaridan biri sifatida erkak va ayol o‘rtasidagi dominant hamda bo‘ysunuvchi mutanosiblik to‘g‘risida ham so‘z yuritiladi. Shuningdek, yurtimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan bir qancha yuridik kuchga ega qonun hujjatlari joriy etilishi hamda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi tizimini takomillashtirish, har bir oilada ota-onalarning eng asosiy vazifasi bolalarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini, maylini tarbiyalashga erishishdan iborat ekani to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib o‘tilgan.

15-08-2025
  • PDF
69-73 148 29
Zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
Nazarova Muharram Yunus qizi

Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash bugungi xalqaro hamjamiyat oldida turgan ustuvor maqsadlardan biridir. Biroq bu maqsad oldida to‘siq bo‘luvchi shunday “og‘riqli” muammo mavjudki, uni bartaraf etish muammoning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi. Maqolada zo‘ravonlik, uning kelib chiqish sabablari, zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ijtrimoiy-psixologik xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, mutaxassislar uchun zo‘ravonlik qurbonlari bilan ishlash usullari keltirib o‘tilgan

03-04-2025
  • PDF
77-82 144 24
Xotin-qizlar ilmiy tatqiqotchilik faoliyatining sotsiologik tahlili
Komilova Xurshida Toxirovna

Davlat va jamiyat ijtimoiy hayotida yuzaga kelayotgan muammolarga ilm-fan orqali yechim izlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning hayotida ta’lim va ilm-fanning o‘rni, ijtimoiylashuviga ta’siri hamda mazkur sohadagi xotin-qizlarning ijtimoiy qiyofasiga xos xususiyatlarni aniqlash asosida aniqlangan asosiy jihatlarning tadqiqot natijalari yoritilgan

01-07-2025
  • PDF
37-41 310 34
Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda xorijiy tajribaning ahamiyati
Maxmudova Malika Anvarovna

Maqolada hozirgi kunda O‘zbekistonda siyosiy va ijtimoiy qarorlarni qabul qilishda ayollar ishtiroki bilan bog‘liq vaziyatlar hamda dunyoda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda qo‘llanayotgan ilg‘or xorijiy tajribalar tahlil etilgan.

05-04-2023
  • PDF
11-15 0 0
Xalqaro gender indeks reytinglarida O‘zbekiston o‘rnini mustahkamlash masalalari
Bobur Xonturayev

Ushbu maqolada gender tengligini ta’minlash sohasida xalqaro shartnomalar, gender jihatlarni hisobga olgan indekslar va ularning turkumlanishi, reyting, indeks, indikatorlar, gender indikatorlariga miqdoriy va sifatiy yondashuvlar, “ayollar, biznes va qonun”, “global ayollar, tinchlik va xavfsizlik”, “gender tengsizlik”, “gender ijtimoiy normalar”, “gender rivojlanish”, “inklyuziv internet”, “global gender gap”, “ijtimoiy institutlar va gender” kabi indekslar o‘rganilgan.

07-07-2025
  • PDF
4-12 272 25
Migrant ayollar muammolarining xorij tajribasida o‘rganilganligi
Sadullayeva Jamila Ibodilla qizi

Mazkur ilmiy maqola hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan migratsiya masalasiga bag‘ishlangan. Migrant ayollarning muammolari, ayollarning migratsiyaga undovchi sabablar ochib berilgan hamda migrant ayollarda uchraydigan psixologik holatlar tahlil qilingan.

05-04-2023
  • PDF
90-94 0 0
Xalqaro tashkilotlarning gender tenglikni ta’minlashdagi o‘rni
Esanova Makhliyo Rokhatovna

Ushbu maqolada gender tenglikka erishishda xalqaro tashkilotlarning roli tizimli tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi – xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy va institutsional tashabbuslarning mazmun-mohiyatini ochib berish hamda ularning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ta’sirini baholashdan iborat. Maqolada mavjud ilmiy manbalar, xalqaro konvensiyalar (CEDAW, Beijing Platformasi) va UN Women, UNDP, ILO kabi tashkilotlarning amaliy faoliyati asosida tahliliy yondashuv qo‘llangan. Ilmiy muammo sifatida xalqaro tashkilotlarning normativ hujjatlari va milliy siyosatlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik ko‘rsatilgan

26-10-2025
  • PDF (English)
28-32 104 21
O‘zbekiston oilalaridagi barqaror ijtimoiy hayotni ta’minlashda gender muammolarini o‘rganish hamda targ‘ib etish
Yulchiyeva Dildora Khabibullayevna

Maqolada yaqin yillarda oilalar barqarorligini ta’minlash uchun mamlakatimizda ayollar masalasining umumijtimoiy jihatlari, uning madaniy-ma’naviy xususiyatlarini hamda oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy, ma’rifiy-tashkiliy jihatdan o‘ziga xosligini har tomonlama o‘rganish dolzarb masalalardan biri ekanligi hamda qizlarni qadriyatlar tizimi bo‘yicha tarbiyalashda erkak va ayolning teng huquqliligi xususida so‘z boradi.

28-03-2022
  • PDF
22-26 0 0
Xotin-qizlarning ta’lim olishi – mamlakat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna

Maqolada xotin-qizlarning ta’lim olishi, jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeyiga ega bo‘lishi, har tomonlama rijojlanishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar keltirilib, shuningdek, bu boradagi masalalarga yechim topishga harakat qilindi.

28-03-2022
  • PDF
4-7 0 0
O‘zbekistonda keksalar faolligini oshirishning ijtimoiy negizlari
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada tadqiqot natijalari asosida keksalarning ijtimoiy faolligi, ularda sog‘lom turmush tarzini ta’minlash bilan bog‘liq holat va muammolar ochib berilgan. Shuningdek, unda keksalarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar o‘z ifodasini topgan.

28-03-2022
  • PDF
15-21 0 0
Erta nikoh holatining oldini olish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish imkoniyatlari
Dusnayev Sherzod Ergashevich, Annakulov Kamol Xasanovich

Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston Respublikasida kuzatilayotgan erta nikoh va erta tug‘uruq holatlari ilmiy tahlil qilingan, omillari va oqibatlari aniqlangan, erta nikoh va erta tug‘uruq holatlarining oldini olish bo‘yicha xorij tajribalari yoritilgan hamda ulardan O‘zbekistonda foydalanish imkoniyatlari ishlab chiqilgan.

28-03-2022
  • PDF
77-84 0 0
1 - 25 from 101 1 2 3 4 5 > >> 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer