Maqolada mehnat madaniyati va kasb madaniyatining o‘zaro aloqаdorligi, ularning o‘ziga xos jihatlari, o‘xshashliklari hamda farqli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada kasb madaniyatini rivojlantirish orqali mehnat madaniyatini yuksaltirish imkoniyatlari, sohada mavjud kamchiliklar, muammolar, ularni keltirib chiqarayotgan sabablar, ularni bartaraf etish yo‘llari va bunda yosh mutaxassislarning o‘rni masalalari hamda bu bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.