Maqolada mahallaning ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, ma’naviy xavfsizlikni mafkuraviy, g‘oyaviy, madaniy, axborot-psixologik va milliy qadriyat kabi sohalarga oid tahdidlarning oldini olish bo‘yicha mahallaning o‘ziga xos funksiyalari tahlil qilingan
Maqolada ijtimoiy davlatga transformatsiya sharoitida demografik sohada kuzatilayotgan tendensiyalarning sotsiologik tahlili yoritilgan bo‘lib, ushbu tendensiyalarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga ta’siri yuzasidan fikrlar bildirilgan. Shuningdek, ijtimoiy xavfsizlik kesimida demografik barqarorlik bilan bog‘liq milliy manfaatlar tasniflanib, ularni ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi omillar sotsiologik tadqiqot usullari orqali tahlil qilingan