Xavotirli buzilishlar haddan tashqari qo‘rquv va xavotir bilan tavsiflanadi, ular jismoniy zo‘riqish, xulqatvor va kognitiv simptomlar bilan birga kuzatiladi. Bunday holatlar insonning normal hayot faoliyatiga to‘sqinlik qilib, uning ijtimoiy munosabatlariga, ta’limiga va mehnat faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Xavotirli buzilishlarning rivojlanishi oila muhiti, tarbiya uslublari va erta bolalikdagi bog‘lanish munosabatlari bilan chambarchas bog‘liq. Oiladagi salbiy his-tuyg‘ular, stress va barqarorlikning yetishmasligi bolalarda xavotirli buzilishlarning paydo bo‘lish xavfini oshiradi. Himoyasiz bog‘lanish sharoitida o‘sgan va emotsional qo‘llab-quvvatlashdan mahrum bo‘lgan bolalar katta yoshda xavotirga ko‘proq duch keladilar. Oilaning ta’siriga qaramay, xavotirli buzilishlarni yengishda terapiya, oila va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash hamda ruhiy salomatlik haqidagi xabardorlikni oshirish muhim o‘rin tutadi.