Mazkur maqolada er-xotin o‘rtasidagi yosh farqining oila barqarorligiga ta’siri sohasidagi xalqaro tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi. Maqolani yozishdan maqsad ushbu omilning nikoh mustahkamligi va ajrashish xavfi bilan bog‘liqligini ko‘rsatuvchi mavjud ilmiy dalillarga asoslangan xulosalarni taqdim etishdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh farqi oshgani sari ajrashish ehtimoli ortib boradi, ammo bu bog‘liqlik doimiy emas va boshqa ijtimoiy-psixologik omillar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.