Maqolalar soni: 84

Psixologiya

O‘smir shaxsi shakllanishida sibling maqomining psixologik ta’siri
Imonova Maftuna Baxtiyor qizi

Mazkur maqola oiladagi sibling maqomi va sibling munosabatlarining shaxs shakllanishiga ta’siri, farzandlarning sibling maqomi va uning xarakter xususiyatidagi o‘rni yoritib berilgan. Oilada farzandlarning maqomi ularning kelajakdagi ijtimoiy hayotdagi o‘rniga ta’siri va shu ta’sir natijasida jamiyatda o‘rin topishi haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan. Bir oiladagi tug‘ishganlarning bir-birlaridan farq qilishlari, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, motivatsiyalari, faoliyati, muloqoti hamda xarakteriga sibling maqomi hayoti davomida katta ta’sir o‘tkazib keladi. O‘zbek oilalaridagi serfarzandlik farzandlar muloqotchanligini oshirish, faoliyatda jadal harakat qilish, o‘z qobiliyat va layoqatlarini ochiq-oydin namoyon etishda psixik
taraqqiyotining juda yaxshi rivojlanishiga yordam beradi

80-84 142 18
O‘zbekistonda amaliy psixologiyaning rivojlanish muammolari
Askarova Gulrux, Erkinova Risolat

Maqolada hozirgi bosqichdagi amaliy psixologiyaning dolzarb muammolaridan biri – O‘zbekistonda amaliy psixologiyaning rivojlanishi va amaliyotchi psixologlar tayyorlash muammolari tahlili va muhokamasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, amaliy psixologiya sohasidagi muammolarni samarali hal qilish uchun kompleks yondashuvlar taklif etiladi.

O‘zbekistonda gender o‘z joniga qasd qilish muammosi
Sultanova Amina Anvarovna

Maqola O‘zbekistondagi o‘z joniga qasd qilishning dolzarb muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda turli gender guruhlari o‘rtasidagi o‘z joniga qasd qilish hodisasi bilan bog‘liq adabiyotlarga keng nazariy sharh berilgan. Shuningdek, ushbu muammo hali ham yetarlicha o‘rganilmagan O‘zbekiston kontekstida ko‘rib chiqiladi. Muallif to‘plangan materiallar asosida ma’lumotlar tahlili natijalarini taqdim etadi hamda O‘zbekistonda gender o‘z joniga qasd qilishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillarni batafsil muhokama qiladi. Ushbu maqola O‘zbekiston sharoitida gender o‘z joniga qasd qilish muammosini tushunishga hissa qo‘shadi va bu borada keyingi tadqiqotlarni rag‘batlantiradi.

O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish muammosiga jim turishimiz kerakmi?
Sultanova Amina Anvarovna

O‘z joniga qasd qilish sog‘liqni saqlashning dolzarb muammosidir, biroq O‘zbekistonda uning muhokamasi ko‘pincha madaniy va ijtimoiy to‘siqlarga duch keladi. Muammoni yashirish jamoat salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, o‘z joniga qasd qilishning oldini olishni qiyinlashtirishi ham mumkin. Ushbu maqola O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining asosiy sabablari – mavzu haqida sir saqlash oqibatlari va bu muammoning jamiyat va davlat institutlari darajasida muhokama qilishning ahamiyatini ko‘rib chiqadi. Ruhiy salomatlik haqida ochiqlik va o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha faol harakatlar fuqarolarning farovonligini oshiradi

Psixologik nazariyalarda oilaviy zo‘ravonlik tushunchasining talqini
G‘ulomqodirov Eldorjon Axmadjon o‘g‘li

Murakkab va keng tarqalgan muammo hisoblangan oilaviy zo‘ravonlik psixologiya sohasining o‘rganish obyektiga aylandi. Ushbu maqolada turli psixologik nazariyalarda oilaviy zo‘ravonlik tushunchasining sabablari, dinamikasi va oqibatlari haqidagi ma’lumotlarning qiyosiy tahlili hamda muallifning fikrlari bayon etiladi

85-90 59 24
Psixosomatik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar psixoemotsional sohasining jins xususiyatlari
Narmetova Yulduz Karimovna

Maqolada psixosomatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda uchraydigan emotsional holat buzilishlari, ularning kasallikning og‘ir kechishi va salbiy oqibatlarga olib kelishidagi roli, jins tafovutlari o‘rganilgan. Ta’kidlanadiki, psixosomatik kasalliklar ko‘pincha emotsional holat buzilishlari bilan niqoblanishi va aksincha mazkur kasalliklarda emotsional soha buzilishlari kasallikning batamom tuzalib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Mazkur holatlar psixosomatik kasalliklar klinikasida psixologik yordamni tashkil etish va barcha psixoprofilaktik hamda korreksion tadbirlarni yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.

113-117 3 1
Psixosomatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholashda yosh va jins xususiyatlari
Narmetova Yulduz Karimovna

Bugungi kunda psixosomatik kasalliklar doirasi kengaytirilib, deyarli barcha kasalliklarning kelib chiqishida psixologik omillar o‘rni mavjudligi ma’lum bo‘lib bormoqda va bu shifokorlar hamda psixologlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Maqolada psixosomatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholashda yosh va jins xususiyatlari tahlil qilingan.

48-53 206 25
Saraton kasalligiga chalingan bolalarning ota-onalarini ijtimoiy va psixologik moslashtirish jarayonlari
Asanova Go‘zal Muxaramovna

Mazkur maqola saraton kasalligiga chalingan bolalar ota-onalarining resotsializatsiyasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar tahliliga bag‘ishlangan. Jumladan, bolalarning saraton kasalligi ota-onalarining psixo-emotsional holati va ularning ijtimoiy moslashuviga ta’sirini ochib beradigan mavjud ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan.

Sevgining ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida xorij olimlari tomonidan tadqiqi
Olimjonova Ziynat Bobomurod qizi

Xorij olimlarining tadqiqotlari asosida sevgi ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida kompleks yondashuv nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilgan. Maqolada sevgining er-xotin munosabatlarining psixologik tarkibiy tuzilishi sifatida ijtimoiy rivojlanishga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda sevgi va insonning psixologik holati o‘rtasidagi bog‘ liqlik, oilaviy munosabatlar kontekstida sevgi fenomeniga bo‘lgan yondashuvlar koʻrsatilgan.

128-135 61 30
Sharq mutafakkirlari asarlarida oila va nikoh munosabatlarining talqin etilishi
Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li

Ushbu maqolada sharq mutafakkirlarining oila va nikoh munosabatlari haqidagi fikrlar yoritilgan. Maqolada oilaviy munosabatlarga oid qadriyatlarimiz, oilaviy nizolarni hal qilishda sharq mutafakkirlarining nasihatlari o’rin olgan. Sharq mutafakkirlarining oilaviy munosabatlarga qarashlari ijtimoiy-psixologik jihatdan yoritilgan.

47-50 16 17
Shaxsda altruizm namoyоn bo‘lishining psixologik determinatlari
Atabayeva Nargis Batirovna

Maqolada shaxsda altruizm xususiyatining rivojlanish omillari haqida ilmiy mulohaza va takliflar bayon etilgan. Shuningdek, maqolada altruizmning turlari keltirilgan.

24-27 13 18
Shaxsda moddiy yetishmovchilik hissining ontogenez xususiyatlari
Raximova Xusnora

Insonning ontogonez xususiyati shaxsning hayotidagi barcha jabhalariga tegishli bo‘lib, maqolada shaxsda moddiy yetishmovchilik hissining ontogenez xususiyatlari tahlili yoritilgan. Shuningdek, uning jamiyat va shaxsiy hayotdagi roli va jamiyat bilan bo‘ladigan muloqotiga ta’sirining ontogonez doirasidagi barcha izlanishlar hamda moddiy yеtishmovchilik insondagi psixologik holatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmasligi, shu orqali shaxs o‘zida moddiy yеtishmovchilik hissini yuzaga keltirishi haqida so‘z yuritilgan. Shaxs ontogenezidagi holatlarini tushunishini turli chet el olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar isbotida ko‘rib, uni xulosalashga va bu tadqiqotlar shaxs ontogenezi inson hayotida qanchalik muhimligini ko‘rsatish maqsad qilingan.

96-100 66 24
Shaxsning oilaviy holatining tolerantlik darajasiga ta’siri
Abidova Ziyoda Askarovna

Ushbu maqolada shaxsning oilaviy holati va uning tolerantlik darajasi o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganiladi. Tadqiqot natijalarini tahlil qilish asosida oilaning mavjudligi yoki uning yo‘qligi shaxsning tolerantlik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki ushbu omil faqat o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish darajasiga ta’sir qilishi mumkin, degan xulosa qilinadi. Didaktik aralashuv oilaviy va oilaviy bo‘lmagan shaxslarning tolerantligi orasida sezilarli farq qilmaydigan darajada shaxs tolerantligini tezda ochib berishi ta’kidlanadi

Sportchilarning kasbiy yutuqlarga tayyorgarligini shakllantirishning psixologik omillari
Abdumajidova Dildora Rahmatullayevna

Psixologik tayyorgarlik shaxsiy ruhiy holatni ongli va samarali ravishda boshqarishni hamda sportchi irodasini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. Bu, o‘z navbatida, sport mashg‘ulotlarida yutuqlarga erishishni ta’minlovchi eng muhim omillardan hisoblanadi.

Tadqiqotlarda ayollar migratsiyasining oilaviy munosabatlarga ta’siri o‘rganilganligi
Sadullayeva Jamilaxon Ibodilla qizi

Ushbu maqolada ayollar migratsiyasining oilaviy muhitga, er-xotin munosabatlariga ijtimoiy-psixologik ta’siri yoritilgan tadqiqotlar tahlili keltirilgan. Shuningdek, ayollar migratsiyasi tufayli ortda qoldirilgan farzandlarning ruhiyatida yuzaga kelayotgan psixologik o‘zgarishlar yoritilgan.

90-93 166 32
Talabalarda irodaviy regulyatsiyaning oʻziga xos xususiyatlari
Yuldasheva Nilufar Sherqo‘zi qizi

Ushbu maqolada iroda va irodaviy regulyatsiya borasida olib borilgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra aniq fanlar yoʻnalishi talabalarining irodaviy regulyatsiyaviy sohasining o‘ziga xos jihatlari taqdim etilgan.

80-84 2 2
Talabalarning ijodiy faoliyatiga ta’sir etuvchi psixologik omillarning nazariy tahlili
Raimdjanov Mirkarim Tolibjon o‘g‘li, Raimdjanova Gulasal Baxtiyar qizi

Ilmiy maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga ta’sir etuvchi psixologik omillarning nazariy tahlili yoritilgan. Unda, shuningdek, ijodiy tafakkurni rivojlantirishning usullari sifatida bugungi kunda ko‘pgina mualliflar taklif etayotgan uslubiy yechimlarda kognitiv yondashuv ustuvorligi ko‘rib qilingan. Bundan tashqari, mustaqil bilim olish, o‘z faoliyatini o‘zi tashkil qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish masalalarida xorij va o‘zbek olimlarining adabiyotlari tahlil qilingan.

132-135 2 2
Tibbiyot xodimlari faoliyatida psixologiya fanining o‘zaro integratsiyasiga bo‘lgan zarurat
Melibayeva Ruzaxon Nasirovna

Maqola tibbiyot sohasida psixologiya fanining, xususan, psixodiagnostikaning ahamiyati, uning o‘ziga xosligi, tibbiyotda psixodiagnostika nazariyasi va usullari asosida kasallik etiologiyasi, patogenezi, kasalliklarni davolash va oldini olishda psixologik omillarning rolini o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni, tibbiyot va psixologiya fanlari integratsiyasi, amaliyotdagi ehtiyojlar tahlili hamda bu sohadagi muammolarni bartaraf etish yo‘llarini aniqlashga bag‘ishlangan.

75-78 15 17
Xotin-qizlar hayotiy maqsad va qadriyatlarining psixologik omillari
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada xotin-qizlar hayoti bilan bog‘liq ehtiyojlar, maqsad va qadriyatlarning o‘zgarish tendensiyasi, ularga psixologik omillar ta’siri, qadriyatlar tuzilmasida jamoaviy hamda shaxsning individual qadriyatlari o‘rtasidagi dominantlik masalalari ochib berilgan.

56-63 2 3
Xotin-qizlar professional ijtimoiy moslashuvining psixologik aspektlari
Mahkamova Dilfuza Baxtiyarovna

Xizmatga moslashish deganda, biz yangi tayinlangan xodim, uning aqliy faoliyati va xulq-atvori mehnat muhiti qoidalari va talablariga muvofiq shaxsiy rivojlanishini nazarda tutuvchi professional muhit o‘rtasida faol va uyg‘un o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishni tushunamiz. Davlat xizmatiga xos bo‘lgan yuqori nevropsixik stress, ko‘p qirrali vazifalar hamda vaqt yetishmasligi xodimning moslashuvchan resurslariga yuqori talablarni qo‘yadi. Shu munosabat bilan, davlat xizmatlari xodimlari yangi avlodining psixologik xususiyatlarini o‘rganish davlat xizmatlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va saqlash, moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun ularning innovatsion fazilatlarini tushunish zarurati bilan belgilanadi. Xotin-qizlarning davlat xizmatlariga moslashishi ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni tadqiq etish bugungi kunda ayollarning faol “karyeraviy o‘sish” elementlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi

60-67 102 20
Xotin-qizlarning davlat xizmatlariga ijtimoiy moslashuvining psixologik omillari
Ra’no Ismaylova

Maqolada oilada turmush o‘rtoqlar munosabatidagi zo‘ravonlik vaziyatida uning faoliyatining halokatli omillarini hisobga olgan holda intervensiya (aralashuv) konsepsiyasi taklif etiladi. Intervensiyaning maqsadlari muhokama qilinib, oilaviy zo‘ravonlik holatlarida oilalarga yordam berishga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar tahlili berilgan.

66-72 154 28
Yengish xulq-atvorini rivojlantirish
Askarova Gulrukh

Maqolada R.Lazarus tomonidan ilgari surilgan koping xulq-atvorining rivojlanish tarixi ko‘rib chiqiladi. Kognitiv, hissiy va xulq-atvorni o‘z ichiga olgan xatti-harakatlarni tushunish, shuningdek, ularning odamning stressli vaziyatlarga moslashishiga ta’siri tahlil qilinadi

73-76 51 20
Yosh talabalarda yengish strategiyalarini shakllantirishning psixologik asoslari
Askarova Gulrux Orinbasarovna

Mazkur maqolada koping-strategiyalar muammosiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarning nazariy tahlili hamda talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari tahlili keltirilgan. Alohida e’tibor koping-strategiyalarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashga qaratilgan. Undan tashqari, ta’lim jarayonida va kelgusi kasbiy faoliyatda talabalalarning stressli holatlarni samarali yengib o‘tishga yordam beradigan tavsiyalar taklif etilgan.

Yoshlar o‘rtasidagi koping xulq-atvorning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
Askarova Gulrux, Karimova Nigina

Maqolada yoshlarning koping xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganishning nazariy va uslubiy asoslari yoritilgan. Asosiy e’tibor yoshlar o‘rtasida koping xulq-atvorini o‘rganishning turli yondashuvlarini tahlil qilishga qaratilgan. Yoshlar uchun qo‘llanadigan koping xulq-atvori modellari, shuningdek, ushbu sohadagi tadqiqot usullari muhokama qilinadi

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning psixosotsial determinantlari
Nasrullayeva Asolat Abdumalik qizi

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi bugungi kunda ham mahalliy, ham xorijiy olimlar tomonidan оʻrganilayotgan muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Yoshlar kategoriyasi оʻziga xos psixologik xususiyatlarga ega bоʻlgan alohida ijtimoiy guruh ekani bois, ijtimoiy fobiya fenomeni jamiyat institutsionallashuvida hamda turmush qurish motivlari namoyon bo‘lishida yoshlarning psixologik xususiyatlari va turmush qurishning psixosotsial motivlarini tadqiq etishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi.

104-109 294 35